Borealatlantika oblasti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Borealatlantika oblasti — Dunyo okeani zoogeografiya oblastlaridan biri. Arktikaning jan. va Atlantika okeanining shim. qismini egallagan. B.Borealatlantika oblasti ning Arktika oblasti bilan chegarasi shim. da Nyufaundlendning sharqiy sohillaridan Islandiyagacha, undan Barens dengizining Markaziy qismigacha boradi. Jan. da B. Borealatlantika oblasti ning shartli chegarasi Delaver koʻrfazidan Ispaniyaning shim. qirgʻoqlarigacha boʻlgan chiziq boʻylab oʻtadi. Bu oblast fizikgeografik xususiyatlariga binoan BorealPatsifik oblastiga oʻxshab ketadi, lekin undan jan. va shim. qismlaridagi suv yuzasi harorati oʻrtasidagi farqning katta boʻlmasligi, suvining absolyut chuqurligi va hajmining kam boʻlishi, ayrim sayoz dengizlar suvining kam shoʻrlanganligi bilan farq qiladi. B.Borealatlantika oblasti da odam faoliyatining hayvonlar yashash sharoitiga taʼsiri juda katta.

B.Borealatlantika oblasti dengizlari faunasi BorealPatsifik oblast faunasiga nisbatan uncha boy emas, antropogen omillarning taʼsiri kuchli. Sut emizuvchilardan biskay kiti, oqbiqin delfin, uzuntumshuq tyulen endemik hisoblanadi. Atlantika delfini kenja turi — afalina va Qora dengiz delfini bu oblast uchun xos, B. Borealatlantika oblasti ning shim. sharqida, uning Arktikaga yondosh qismida Grenlandiya tyuleni uchraydi. Qushlardan baliqchi qushlar, oddiy gagarka (Arktika oblasti chegarasila), tentakqush va kichik boʻron qushi; treskasimon va ssldsimonlardan merluza, piksha (endemik), atlantika seldi, atlantika treskasi, boltiq seldi (salaka) va boshqa bir qancha turlari ana shu oblast uchun xosdir. Delfinlardan dengiz choʻchqasi, qushlardan tentakqush va shim. kochurga, qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar va ninaterililarning ayrim turlari ham amfiboreal hisoblanadi. Hozirgi davrda B.Borealatlantika oblasti da tarqalgan bir qator turlarni muhofaza qilish maqsadida bir qancha hayvonlarni ovlashni cheklash yoki butunlay man qilish choralari ishlab chiqilmoqda. Biroq aholining B.Borealatlantika oblasti dengizlari sohillarida juda zich joylashganligi, odam xoʻjalik faoliyatining intensivligi hayvonlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishni qiyinlashtiradi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil