Bordo suyuqligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bordo suyuqligi — oʻsimliklarning zamburugʻli va bakterial kasalliklariga karshi ishlatiladigan preparat. Mis kuporosi (toʻtiyo) ning ohak eritmasi bilan 1:1 nisbatdagi aralashmasi. 10 l 1% li B. s tayyorlash uchun 100 g mis kuporosiga 3 — 4 l issiq suv quyib, yogʻoch, shisha yoki sopol idishda aralashtiriladi, soʻng qolgan suv sovuq holda 5 l ga yetguncha qoʻshiladi. Boshqa idishda 5 l suvda 150 g ohak eritiladi, yaʼni soʻndiriladi. Mis kuporosi eritmasi ohakli eritma (aksincha mumkin emas) ustiga quyiladi. Bunday aralashma Bordo suyuqligi deb ataladi, uni aynan ishlatish oldidan tayyorlanadi. Oʻzbekistonda Bordo suyuqligi koʻproq mevalarning barg bujmayishi, kalmaraz, antraknoz, shuningdek beda, sabzavot va boshqa ekinlarning qoʻngʻir dogʻiga hamda shu kabi boshqa zamburugʻli kasalliklarga qarshi qoʻllanadi. Oʻsimliklar mis kuporosi boʻyicha 1% li eritma bilan vegetatsiya davrida purkaladi. Preparatning sarf normasi 12–15 kg/ga, suyuklik sarfi 500—800 l/ga.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil