Borbad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Borbad, Barbad, Pahlabod, Faxliz Marviy (taxminan 585, Niso — 628/38, Marv) — atok^i sozanda, xonanda, shoir va bastakor. Dastlab ijro va ijod sirlarini oʻz otasidan oʻrgangan, Marvga koʻchib, bu yerdagi mashhur ustozlarga shogird tushgan. Keyinchalik (618—28) Sosoniylar davlati shohi Xusrav [I Parviz saroyi (Ktesifon) da xizmat qilgan. Manbalarda B. ayniqsa turkumli (xususan, sosoniylar tomonidan davlat dini maqomiga koʻtarilgan Zardushtiylik marosimlari bilan bogʻliq boʻlgan), muayyan tizimdagi asarlarga mehr qoʻyganligi taʼkidlanadi.

Abu Nasr Forobiyning "Kitob ulmusiqo alkabir" ("Musiqa haqida katta kitob"), Abu Abdulloh alXorazmiyning "Mafotih alulum" ("Ilmlar kaliti"), Muhammad Nishopuriyning "Risolai dar ilmi musiqiy", Abdulqodir Marogʻiyning "Maqosid alalhon" ("Kuylarning kelib chiqish oʻrni") singari risolalarda B. yaratgan mashhur 7 qismli "Xusravoniy" turkumi, shuningdek "Doston" deya nomlangan kuy va qoʻshiqlar taʼriflanadi, ijodiy jarayoni tahlil etiladi.

AlJohiz (775818), Abulfaraj Isfahoniy (897967), Abumansur Saʼolibiy (9611038) kabi mualliflarning ilmiy badiiy asar (har xil tazkira va majmua) lari B. ijodiga mansub 360 ta qoʻshiq, 30 ta cholgʻu kuylari hamda 7 ta "Xusravoniy" — Sharqda keng tarqalgan fazoviy tafakkur inʼikosi, yaʼni qamariy yilning 360, oyning 30 va haftaning 7 kunlari bilan bogʻliq boʻlganligini taʼkidlaydi.

Abulqosim Firdavsiy "Shohnoma" si, Nizomiy Ganjaviy "Xusrav va Shirin" i, Amir Xusrav Dehlaviy "Shirin va Xusrav"i, shuningdek keyingi davrlarga oid qator badiiy asarlarda B. ning issiqnafas hofiz, mohir sozanda, badihagoʻy bastakor ekanligi ifodalangan. B. Oʻrta Sharqda mumtoz musiqa sanʼatining ilk professional namoyanlasi darajasiga kutarilgan va aynan shu soha asoschisi sifatida tarixdan urin olgan. 1990 yil Dushanbada B. tavalludining 1400 yilligiga bagʻishlagan Xalqaro musiqa anjumani boʻlib oʻtdi, B. nomidagi Xalqaro musiqa jamgʻarmasi tashkil etilgan, har 5 yilda hofiz, sozanda va musiqashunoslarga beriladigan B. nomidagi mukofot taʼsis etilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Firdavsiy, Shohnoma, III kitob. Hofiz Borbad qissasi (J. Jabborov tarjimasi). T., 1977; Borbad, epoxa i traditsii kulturi, (Sb. statey), Dushanbe, 1989.