Boqixon Toʻra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Boqixon to‘radan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Boqixon Toʻra (19-asr boshlari Qoʻqon — 1888) — oʻzbek shoiri, tabib. Mumtoz sheʼriyatning turli janrlarida ijod qilgan. Qoʻqonlik mashhur shaxslar vafotiga bagʻishlab qator tarixlar yozgan. Mushrifning "Ansob ussalotin va taʼvorixi xavoqin" ("Sultonlar nasablari va xoqonlar taʼrixlari"), shoir va tabib Hokimiy (1850— 1930)ning "Taʼrix uliloj" asarlarida Boqixon Toʻra haqida qisqa maʼlumot uchraydi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Boqixon Toʻra" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyotlar[tahrir]

  • Qayumov A., Qoʻqon adabiy muhiti, T., 1961.