Bomiyon qamali
| Bomiyon qamali | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Moʻgʻullarning Xurosonni bosib olishining bir qismi | |||||||
Shahri Gʻulgʻulaning hozirgi kundagi xarobalari | |||||||
| |||||||
| Raqiblar | |||||||
| Moʻgʻullar imperiyasi | Xorazmshohlar davlati | ||||||
| Qoʻmondonlar | |||||||
| Chingizxon | Jaloliddin Manguberdi | ||||||
| Yoʻqotishlar | |||||||
| Ulkan[1] | Barcha oʻldirilgan[2] | ||||||
Bomiyon qamali (dariycha: محاصره بامیان) 1221-yil bahorida Moʻgʻullarning Xurosonni bosib olishi chogʻida Moʻgʻullar imperiyasi hukmdori Chingizxon boshchiligidagi qoʻshin tomonidan amalga oshirilgan. Chingizxon Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori Jaloliddin Manguberdini quvib borayotgan edi. Chingizxon Hindukush togʻlarini kesib oʻtib, hozirgi Afgʻoniston hududidagi Kobuldan shimoli-gʻarbda joylashgan Bomiyon yaqinidagi Shahri Gʻulgʻula qal’asini qamal qildi. Qamal shaharni vayron qilgan dahshatli hujum bilan yakunlandi va Bomiyon xarobaga aylandi[3].
Tarixiy sharoit
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taliqonni bir necha oy qamal qilgan[4] xoqon Chingizxon boshliq moʻgʻullar Xorazmshohlar davlatining soʻnggi vakili shoh Jaloliddin Manguberdiga qarshi yurish qildilar[5]. Jaloliddin hozirgi Afgʻoniston hududida yangi musulmon qoʻshini tuzgan[6] hamda Parvon jangida moʻgʻul qoʻshinini magʻlub etgan edi[7].
Idrisiy maʼlumotlariga tayanib[8], demograf Tertius Chandler 1150-yilda Bomiyon shahri Balxdan uch baravar kichik boʻlganini qayd etadi. Chandler Balx aholisi taxminan 30 ming kishi boʻlganini baholaydi va Bomiyondagi Jome masjid sigʻimi qariyb 9 ming kishiga yetganini hisoblab chiqadi[9].
Qamal
[tahrir | manbasini tahrirlash]Moʻgʻullar Bomiyonga yetib kelganida shahar aholisi qurolli qarshilik koʻrsatishini ochiq bildirib, har ikki tomon kamonchilar hamda manjaniqlarni safarbar etgan[10]. Qamal davomida Chigʻatoyxonning toʻngʻich oʻgʻli hamda xoqonning eng suyukli nabirasi Mutukan[note 1] oʻq zarbidan yaralanib, koʻp oʻtmay vafot etdi[11][12]. Bu hodisa Chingizxonni qattiq qaygʻuga soldi va qal’ani egallashga qaratilgan barcha harakatlarni jadallashtirishni buyurdi[13]. Ayrim rivoyatlarga koʻra, Jaloliddin Manguberdining qizi moʻgʻullarga maxfiy kirish yoʻlini koʻrsatgan va bu shaharning qoʻlga olinishi uchun imkon yaratgan[14]. Keyingi janglarda hech kimga rahm-shafqat qilinmagan[15]. Qamal taxminan bir oy davom etgan[16]. Xoqon nabirasining oʻlimidan chuqur qaygʻuga botgan[17]. Shahar qoʻlga kiritilgach, yasoq (farmon) chiqarib, Bomiyondagi har bir inson, hayvon, qush va hatto yovvoyi jonzotni ham oʻldirishni buyurdi. Oʻlja olish taqiqlangan edi[18]. Hatto homilador ayollar ham ayab oʻtirilmagan[19]. Shuningdek, oʻgʻli Chig‘atoyga bu voqea haqida xabar berishni taqiqladi. Chigʻatoy kelib, Mutukan haqida soʻraganida, xoqon unga oʻlim xabarini yetkazdi[20], biroq yigʻlamaslikni buyurdi. Shunda Chigʻatoy qaygʻusini bosish uchun yeb-ichishga berildi va otasining buyrugʻini buzmaslik uchun bahona bilan dashtga chiqib, yolgʻiz qolib yigʻlashga majbur boʻldi[21].
Oqibati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoqub al-Heraviy bergan maʼlumotga koʻra, shahar aholisining barchasi qirib tashlangan[22][23]. Shahar koʻp yillar davomida vayrona holatda qolgan va „Mao-Kurgan“[24] yoki „Maʼu-Baligʻ“ nomi bilan atalgan boʻlib, bu atama fors tilida „laʼnatlangan shahar“ degan maʼnoni anglatadi[25]. Shuningdek, moʻgʻullar istilosi davrida aholining halok boʻlishini aks ettirgan holda „gʻamlar shahri“ yoki „faryodlar shahri“ deb ham atalgan[26][27] Bugungi kunda qadimgi Bomiyon shahri joylashgan hudud UNESCO Jahon merosi hisoblanadi[28]. Biroq, Bomiyon moʻgʻullar istilosining oqibatlaridan uzoq vaqt davomida toʻliq tiklana olmagan. Hatto bir necha oʻn yilliklardan keyin ham manbalarda shahar, asosan, aholisiz va vayrona holatda boʻlgani qayd etilgan[29].
Gʻalabadan soʻng moʻgʻullar Tus va Mashhadni talon-toroj qildilar hamda oʻsha yilning bahorida Xuroson mintaqasi ularning nazorati ostiga oʻtdi[30]. Chingizxon yozni Taliqon yaqinidagi togʻ etaklarida oʻgʻillari va qoʻshinlari bilan birga oʻtkazib, shohga qarshi navbatdagi yurishini rejalashtirdi[31]. Shu paytda unga oʻgʻillari Chigʻatoy va Oʻqtoyxon ham unga qoʻshildi[32]. Shundan soʻng yurishini Hindiston yarimoroli tomonga davom ettirdi[33][34].
Shvetsiyalik tarixchi Carl Fredrick Sverdrupning hisob-kitoblariga koʻra, Chingizxon faqat 1221-yilning ikkinchi yarmidagina Xurosonda harakat yuritish uchun taxminan 50 000 askarni toʻplashga muvaffaq boʻlgan[35]. Bundan tashqari, uning sarkardalari Jebe va Subutoy bilan gʻarbiy Eron togʻligida taxminan 10 000 askar boʻlgan, yana bir necha ming kishi esa Movarounnahrda garnizon sifatida joylashtirilgan yoki uning oʻgʻli Joʻji bilan birga shimoliy dashtlar tomon yoʻl olgan[36].
Keng tarqalgan qarashga koʻra, mahalliy aholi qirib tashlangach, Chingizxon yurishini davom ettirar ekan, hududni qoʻriqlash maqsadida bu yerga moʻgʻul askarlari va ularning kanizaklarini joylashtirgan[37]. Ushbu koʻchmanchilar keyinchalik hazoralarning ajdodlariga aylangani taxmin qilinadi. Ularning nomi, ehtimol, forscha „ming“ maʼnosini anglatuvchi hazor soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, bu moʻgʻul qoʻshinidagi ming kishilik harbiy birlikni anglatgan[38][39]. Boshqa bir nazariyaga koʻra, ular qadimgi Kushon xalqlarining avlodlari hisoblanadi[40].
Mutukanning vafoti natijasida Chigʻatoydan keyin Chigʻatoy ulusi hukmdori sifatida uning nabirasi Qora Hulagu taxtga oʻtirgan[41].
Izohlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Shuningdek Mao-Tukan, Mutugen, Muatukan, Mütegin, Metiken, Mamgan yoki Mamusgan shakllarida ham yoziladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Kohn, George C. Dictionary of Wars. New York : Facts on File/Checkmark Books, 2007. p. 55.
- ↑ Sverdrup, Carl Fredrik. The Mongol Conquests: The Military Operations of Genghis Khan and Sube'etei, 2017 — 347-bet.
- ↑ [ „City of Screams: Gholghola“]. Visit Bamiyan (2020-yil 4-iyun). Qaraldi: 2025-yil 4-fevral.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Arends, Alfred Kárlovich. [ Сборник летописей (Книга 2)] (Russian). Moscow: Institut vostokovedenii︠a︡ (Akademii︠a︡ nauk SSSR), 1946 — 219-bet.
- ↑ Romano, Amy. [ A Historical Atlas of Afghanistan] (English). New York: The Rosen Publishing Group, 2003 — 25-bet. ISBN 978-0-8239-3863-6.
- ↑ Kohn, George Childs. [ Dictionary of Wars] (English). London: Routledge, 2013 — 55-bet.
- ↑ Boyle, John Andrew. [ The History of the World-Conqueror] (English). Cambridge: Harvard University Press, 1958 — 132-bet.
- ↑ Jaubert, Pierre-Amédée. [ Géographie d'Edrisi] (French). Paris: Impr. royale, 1836 — 475–477-bet.
- ↑ Chandler, Tertius. [ Four Thousand Years of Urban Growth: An Historical Census] (English). Lewiston: St. David's University Press, 1987 — 341-bet. ISBN 978-0-88946-207-6.
- ↑ Boyle, John Andrew. [ The History of the World-Conqueror] (English). Cambridge, MA: Harvard University Press, 1958 — 132-bet.
- ↑ Boyle, John Andrew. [ The History of the World-Conqueror] (English). Cambridge, MA: Harvard University Press, 1958 — 273-bet.
- ↑ Boyle, John Andrew. [ The History of the World-Conqueror] (English). Cambridge, MA: Harvard University Press, 1958 — 132–133-bet.
- ↑ Arends, Alfred Kárlovich. [ Сборник летописей (Книга 2)] (Russian). Moscow: Institut vostokovedenii︠a︡, Akademi︠a︡ nauk SSSR, 1946 — 219-bet.
- ↑ [ „City of Screams: Gholghola“]. Visit Bamiyan (2020-yil 4-iyun). Qaraldi: 2025-yil 4-fevral.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Boyle, John Andrew. [ The History of the World-Conqueror] (English). Cambridge, MA: Harvard University Press, 1958 — 132-bet.
- ↑ Sverdrup, Carl F.. The Mongol Conquests: The Military Campaigns of Genghis Khan and Sübe'etei (English). Amherst: Helion & Company, 2017 — 162-bet.
- ↑ Carnac, James R.. [ The Shajrat Ul Atrak, or Genealogical Tree of the Turks and Tatars] (English). London: W. M. H. Allen & Co., 1838 — 173-bet.
- ↑ Arends, Alfred Kárlovich. [ Сборник летописей (Книга 2)] (Russian). Moscow: Institut vostokovedenii︠a︡, Akademi︠a︡ nauk SSSR, 1946 — 219-bet.
- ↑ Boyle, John Andrew. [ The History of the World-Conqueror] (English). Cambridge, MA: Harvard University Press, 1958 — 133-bet.
- ↑ Arends, Alfred Kárlovich. [ Сборник летописей (Книга 2)] (Russian). Moscow: Institut vostokovedenii︠a︡, Akademi︠a︡ nauk SSSR, 1946 — 219–220-bet.
- ↑ Arends, Alfred Kárlovich. [ Сборник летописей (Книга 2)] (Russian). Moscow: Institut vostokovedenii︠a︡, Akademi︠a︡ nauk SSSR, 1946 — 220-bet.
- ↑ Siddiqui, Muhammad Zubayr. [ Saif bin Muhammad bin Yaqub Harvi: Ta'rīḵẖ-Nāma-yi-Harāt] (Persian). Calcutta: Gulshan, 1944 — 50-bet.
- ↑ Majd, Ghulamreza Tabatabaʿi. Tārīkhnāmeh ye Herāt (Persian). Tehran: Ketabkhana Melli, 2004 — 88-bet.
- ↑ Arends, Alfred Kárlovich. [ Сборник летописей (Книга 2)] (Russian). Moscow: Institut vostokovedenii︠a︡, Akademi︠a︡ nauk SSSR, 1946 — 219-bet.
- ↑ Boyle, John Andrew. [ The History of the World-Conqueror] (English). Cambridge, MA: Harvard University Press, 1958 — 133-bet.
- ↑ Romano, Amy. [ A Historical Atlas of Afghanistan] (English). New York: The Rosen Publishing Group, 2003 — 25-bet. ISBN 978-0-8239-3863-6.
- ↑ Kohn, George Childs. [ Dictionary of Wars] (English). London: Routledge, 2013 — 55-bet.
- ↑ [„CulturalLandscape and Archaeological Remains of the Bamiyan Valley“]. UNESCO World Heritage Centre. 2007-yil 28-yanvarda asl nusxadan [arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.]
- ↑ Foundation, Encyclopaedia Iranica [„Welcome to Encyclopaedia Iranica“ (en-US). iranicaonline.org. Qaraldi: 2021-yil 14-avgust.]
- ↑ Chamakhi, Mustapha Kameleddine. Islam in All Its States (English). Paris: BoD – Books on Demand, 2021 — 122-bet.
- ↑ Arends, Alfred Kárlovich. [ Сборник летописей (Книга 2)] (Russian). Moscow: Institut vostokovedenii︠a︡, Akademi︠a︡ nauk SSSR, 1946 — 220-bet.
- ↑ Sverdrup, Carl F.. The Mongol Conquests: The Military Campaigns of Genghis Khan and Sübe'etei (English). Amherst: Helion & Company, 2017 — 162-bet.
- ↑ Kohn, George Childs. [ Dictionary of Wars] (English). London: Routledge, 2013 — 55-bet.
- ↑ Ratchnevsky, Paul. Genghis Khan: His Life and Legacy (English). Oxford: Blackwell, 1991 — 164-bet.
- ↑ Sverdrup, Carl F.. The Mongol Conquests: The Military Campaigns of Genghis Khan and Sübe'etei (English). Amherst: Helion & Company, 2017 — 113-bet.
- ↑ Sverdrup, Carl F.. Journal of Medieval Military History (English). Martlesham: Boydell and Brewer, 2010 — 113-bet.
- ↑ Minahan, James B.. Ethnic Groups of North, East, and Central Asia: An Encyclopedia (English). Santa Barbara: ABC-CLIO, 2014 — 99-bet.
- ↑ Ratchnevsky, Paul. Genghis Khan: His Life and Legacy (English). Oxford: Blackwell, 1991 — 164-bet.
- ↑ Metcalfe, Daniel. [ Out of Steppe: The Lost Peoples of Central Asia] (English). London: Hutchinson, 2009 — 168-bet. ISBN 978-0-09-192552-9.
- ↑ Minahan, James B.. Ethnic Groups of North, East, and Central Asia: An Encyclopedia (English). Santa Barbara: ABC-CLIO, 2014 — 99-bet.
- ↑ Adshead, S. A. M.. Central Asia in World History (English). New York: Palgrave Macmillan, 2016 — 83-bet.