Bolyay Yanosh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BOLYAY (Boyai) Yanosh (1802.15.12, Kolojvar (Kluj) — 1860. 27.1, Maroshvasharxey (TirguMuresh) — venger matematigi. Noevklid geometriya gʻoyalariga mustaqil ravishda kelgan. Talabalik yillaridayoq, parallel chiziqlar haqidagi postulatni isbotlash bilan shugʻullana boshlagan, keyinchalik ham bu ishlarini davom ettirgan. B. oʻz tadqiqotlarini tartibga solib, 1832 yilda "Appendiks" asarini nashr qildirdi. Bu asar eng mukammal matematik asarlar jumlasiga kiradi. B. ishlari tirikliga chogʻida tan olinmadi, bu hol uning ruhiyatiga salbiy taʼsir qildi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil