Abdurauf Boltayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Boltayev Abduraufdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Abdurauf Boltayev (1909. 2. 6, Kattaqoʻrgʻon 1978. 6.10, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1964). 1931—34 yillarda Qoradaryo, Narpay, Sariosiyo tumanlari, Kattaqoʻrgʻon shahri, Qashqadaryo viloyati teatrlarining tashkilotchilaridan, 1934—39 ylar Samarqand viloyat teatri da, 1939 yildan Muqimiy teatrida aktyor. Mashhur rollari: Qozi ("Maysaraning ishi"), Boboxon ("Tohir va Zuhra"), Jiyanboy ("Gʻunchalar"), Umurzoqboy ("Paranji sirlari"), Flores ("Qoʻzibuloq"), Qozi ("Navoiy Astrobodda"), Mulla Kamol ("Nurxon") va boshqa "Opasingillar", "Qutlugʻ qon", "Qalbingda quyosh" filmlari, "Nashtar" satirik kinojurnalining koʻp sonlarida turli rollar ijro etgan. B. kulgili, hajviy rollarda tanilgan. U oʻz kahramonlarining asosiy xususiyatlarini boʻrttirib tasvirlaydi, hajv va kinoya vositalaridan keng foydalangan. B. yaratgan qahramonlar soddaligi va samimiyligi bilan ajralib turgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil