Boltachi muhammad posho

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BOLTACHI (TABARDOR) MUHAMMAD POSHO (1660—1712) -Usmonli turk imperiyasi sultoni Ahmadxon III davri (1703—30) dagi sadri aʼzam. Oʻsmirlik chogʻida sulton saroyiga kelib, boltachilar safiga xizmatga kirgan. Xushroʻy va xushovoz boʻlganidan edda "Xushroʻy muazzin" degan nom bilan tanilgan. 1704-yil sulton Ahmadxon III uni bosh miroxur etib tayinlagan, bir yildan keyin esa sadri aʼzam lavozimiga koʻtargan. 18 oy shu lavozimda ishlagach, amaldan tushirilgan, keyinchalik Arzirum va Halab voliysi etib tayinlangan. 1710-yil rusturk urushi boshlangach, sadri aʼzam lavozimiga qayta tayinlangan. Turk lashkari rus qoʻshinlarini Prut daryosi etagida butunlay tormor qilib, Pyotr I ni asir olishiga bir bahya qolganda, B.(T)M.P. ruslarga sulh tuzishni taklif qilib gʻoyatda katta xatoga yoʻl qoʻygan. U bu xatosi uchun amaldan tushirilib, Mitilena, soʻng Lemnos o.ga surgun qilingan va bir yildan keyin oʻsha yerda vafot etgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil