Bolt kesish stanogi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bolt kesish stanogi — bolt, shpilka, trubalarga rezba kesuvchi metall kesish stanogi. Plashkalar (rezba qirqish asboblari) oʻrnatilgan vint kesish kallagi bilan jihozlangan. Ishlov beriladigan buyum support tiskilariga mahkamlanib, stanok staninasi boʻylab suriladi va plashkalarga tegadi; shundan soʻng buyum harakatini plashkalar amalga oshiradi va rezba kesadi. Ishlov berilgandan soʻng plashkalar buyumni avtomatik tarzda boʻshatadi. Bolt kesish stanogi s. ning ish unumdorligi tokarlik va rezba frezalash stanoklarinikiga nisbatan yuqori.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil