Kontent qismiga oʻtish

Boloria chariclea

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Arctic fritillary

AQShning Rainier togʻi milliy bogʻidagi B. c. montinus
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Boʻgʻimoyoqlilar
Sinf: Hasharotlar
Turkum: Tangachaqanotlilar
Oila: Nymphalidae
Urugʻ: Boloria
Binar nomi
''Boloria chariclea''
(Schneider, 1794[1])
Sinonimlari
Boloria montinus

Boloria chariclea, Arctic fritillary yoki purplish fritillary — Nymphalidae oilasiga mansub kapalak turi. U asosan Palearktika va Nearktikaning shimoliy qismlarida tarqalgan.

B. c. montinusning qanot ostki tomoni

Kapalak yashash hududiga qarab iyuldan avgustgacha uchadi[2][3].

Tarqalishi va yashash muhiti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arctic fritillary Golarktika boʻylab tarqalgan. Yevropada shimoliy Laplandiya va Rossiyada uchraydi. Shimoliy Amerikada Alyaska va Kanadaning katta qismida, Kaskad togʻlarining shimoliy qismida, Rokki togʻlarida janubga tomon Yuta va Nyu-Meksikoning shimoligacha, shuningdek Minnesota va Meynning shimoliy qismlarida hamda Nyu-Gempshirdagi White Mountains hududida tarqalgan.

Uning odatiy yashash muhitlariga tundra, tayga, alp oʻtloqlari, soy va daryo boʻylari hamda kislotali botqoqliklar kiradi[2].

Erkaklari botqoqliklarning chetlari va vodiylar boʻylab patrullik qiladi hamda urgʻochilar kelishini kutadi. Tuxumlari oziqa oʻsimligining barglari ostiga bittadan qoʻyiladi.

Shimoliy Amerikada lichinkalari Viola turlari, pakana tollar va ehtimol golubika (Vaccinium) bilan oziqlanadi[2]. Yevropada esa ular sariq o‘rmon binafshasi (Viola biflora) va arktika oq erikasi (Cassiope tetragona) bilan oziqlanishi taxmin qilinadi[3].

Hududga qarab lichinkalar voyaga yetgan kapalak bosqichiga bir yoki ikki yilda yetib boradi. Yangi chiqqan qurtlar birinchi qishda, toʻrtinchi bosqichdagi qurtlar esa ikkinchi qishda qishlab qoladi[2].

Kenja turlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • B. c. chariclea — Arktik Yevropa
  • B. c. arctica (Zetterstedt, 1839) — Arktik Osiyo, Vrangel oroli, Chukotka
  • B. c. butleri (Edwards, 1883) — Arktik Amerika, Chukotka, Kamchatka
  • B. c. boisduvalii (Duponchel, 1832) — Alyaska, Alberta, Labrador, Nyufaundlend, Minnesota, Britaniya Kolumbiyasi
  • B. c. rainieri (Barnes & McDunnough, 1913) — Vashington
  • B. c. grandis (Barnes & McDunnough, 1916) — Britaniya Kolumbiyasining shimoli, Ontario
  • B. c. montina (Scudder, 1863)
  • B. c. helena (Edwards, 1871) — Rokki togʻlari

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tur nomi Klassik anʼana asosida berilgan. Chariclea (Chariklo) Afinaning sevimli kishisi va doʻsti hisoblangan.

  1. ↑ Schneider, 1794, Neueste Magazin fur die Liebhaber der Entomologie. Stralsund, Struck, Part V, 1794. 588
  2. 1 2 3 4 „Arctic Fritillary: Boloria chariclea (Schneider, 1794)“. Butterflies and Moths of North America. Qaraldi: 2013-yil 19-dekabr.
  3. 1 2 „Arctic Fritillary: Boloria chariclea“. NatureGate. Qaraldi: 2013-yil 19-dekabr.