Bolohovuz masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

39°46′40″N 64°24′27″E / 39.7778°N 64.4075°E / 39.7778; 64.4075

Bolohovuz masjidiBuxorodagi meʼmoriy yodgorlik.

Bolohovuz masjidi

Tarixi[tahrir]

Bolohovuz masjidining katta gumbazli masjidi 1712 yil, hovli va hujralari 19-asrda, ayvoni 191517 yillarda, masjid yonidagi alohida turgan minora ham shu yillarda Usta Shirin Murodov va usta Hafizovlar tomonidan qurilgan. Masjidda juma nomozi oʻqilgan.

Meʻmorchiligi[tahrir]

Tomonlari 11,5 m li murabba tarhli bino. Bolohovuz masjidi qalqonsimon va murakkab boʻrtma naqshlar bilan bezatilgan. Mehrobiga nafis naqshlar ishlangan. Ganch shuvoqli peshtoq masjidning sharq tomonida boʻlib, boʻgʻot osti ganch naqshlar bilan bezatilgan. Peshtoqning yon tomonlariga ikki qavatli baland tokchali hujralar qurilgan.

Masjidning 20 ta baland va ingichka yogʻoch ustunli ayvoni bor. Ayvonning yon devorlaridagi tokchalari nakshlar bilan bezatilgan. Masjidning ayvoni va qandil osilgan shipi ayniqsa serhasham. Registon maydoni tomonidan Bolohovuz masjidiga qaralsa peshayvoni, maydon yonboshidagi kichkina minorasi va oʻrtasidagi hovuz kishida ajoyib taassurot qoldiradi. Hovuz qirgʻoklari yirik toshlar bilan zinapoyali qilib mustahkamlangan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil