Bolgariya fanlar akademiyasi
Qiyofa
Bolgariya fanlar akademiyasi — Bolgariyaning oliy ilmiy muassasasi. Sofiya shahrida joylashgan. 1911-yil tuzilgan. 1949-yilda qayta tashkil etilgan. Asosiy vazifasi mamlakatda tabiiy va ijtimoiy fanlarni rivojlantirish hamda ularni muvofiklashtirishdan iborat. Akademiya tarkibida 50 dan ortiq akademiklar, 80 dan ortiq muxbir aʼzo, 90 dan ziyod xorijiy aʼzo, 10 ta tadqiqot va oʻquv markazi, kutubxona bor. Intlarning "Doklad", "Axborot"larini, shuningdek turli ilmiy davriy nashrlarni chop etadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |