Kontent qismiga oʻtish

Bolgʻalash mashinasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bolg`alash Mashinasidan yoʻnaltirildi)

Bolgʻalash mashinasi — metall zagotovkalarga zarb va bosim bilan ishlov beradigan mashina. Bolgalash, hajmiy va yassi shtamplashda ishlatiladigan xillari bor. Bolgʻalash mashinasi ning bugʻ yoki qisilgan havodan ishlaydigan bugʻhavo, ish porshenlari va kompressor porshenlari orasidagi havoning siqilishi va siyraklanishi hisobiga ishlaydigan pnevmatik, harakatlanuvchi qismlari dvigatel bilan mexanik tarzda bogʻlangan mexanik, yuqori bosimli suyuqlik bilan harakatga keltiriladigangidravlik vab. turlari bor (rasm). Ishlash usuliga koʻra oddiy (tushuvchi) va qoʻsh harakatli (tushuvchi qismlari qoʻshimcha tezlashtirilgan) Bolgʻalash mashinasi boʻladi. Kinematik bogʻlangan 2 ta babali (muhrali) shabotsiz Bolgʻalash mashinasi da babalar bir-biriga tomon bir xil tezlikda harakatlanadi, natijada zarbiy energiya asosga taʼsir qilmaydi. Yuqori tezlikda ishlaydigan Bolgʻalash mashinasi keng tarqalgan (qarang Bosqon).[1]

  1. "Bolgʻalash mashinasi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil