Bolgʻabaliq
Qiyofa
(Bolg'abaliqdan yoʻnaltirildi)
Bolgʻabosh | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Bolgʻabaliq (Sphyrna zygaena) – akulasimonlar turkumiga mansub baliq. Tanasining uzunligi 3,5 metrgacha, ogʻirligi 150 kg gacha (baʼzilari hatto 400 kg gacha). Atlantika va Tinch okeanning tropik hamda subtropik mintaqalarida tarqalgan. Dengiz tubida yashaydi, kambala, skat va har xil umurtqasiz jonivorlar bilan oziqlanadi. Urgʻochisi 40 tagacha tirik baliqlar tugʻadi. Kam ovlanadi. Boshining ikki yonidagi oʻsimtasi bolgʻaga oʻxshaydi. Nomi ham shundan olingan. Yirik koʻzlari boshidagi oʻsimtalar ustida joylashganidan Bolgʻabalik ancha uzoqni koʻradi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |