Kontent qismiga oʻtish

Bolbon qabri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bolbon qabri, Mehrauli arxeologik bogʻi

Gʻiyosiddin Bolbon maqbarasi Hindistonning Yangi Dehli hududida Mehrauli shahrida joylashgan. Taxminan milodiy 1287-yilda qurilgan qabr hind-islom arxitekturasining rivojlanishidagi tarixiy ahamiyatga ega bino hisoblanadi, chunki Hindistonda birinchi islom ravoqlari aynan shu binoda qoʻllangan[1][2]. Koʻpchilikning fikriga koʻra, oʻsha vaqtda oʻrnatilgan ilk islom gumbazi ham saqlanib qolinmaganligi sababli, milodiy 1311-yilda Qutb majmuasida qurilgan Alay darvozasining gumbazi Hindistondagi eng qadimgi gumbaz sifatida qayd etilgan[3], Gʻiyosiddin Bolbon (1200—1287) 1266—1287-yillarda Dehlidagi Mamluklar sulolasi (yoki qullar sulolasi) hukmronligi davrida Dehli sultonligining turkiy hukmdori boʻlgan. U Mamluklar sulolasining eng koʻzga koʻringan hukmdorlaridan biri edi. Bolbon qabri 20-asr oʻrtalarida topilgan.

U tosh va gʻishtdan qurilgan bino boʻlsa-da, lekin oʻziga xos bezaklari mavjud emas. Qabr atrofi oʻrta asrlarga oid keng aholi punkti xarobalari bilan oʻralgan va u maʼlum burchaklardan qaralganda Qutb minorining ajoyib koʻrinishini taqdim etadi.tomosha qilish mumkin. Bolbon qabrining sharqida vayronaga aylangan toʻrtburchak shaklidagi inshoot borligi aytiladi. Unda Balbonning oʻgʻli, 1285-yilda Moʻlton yaqinida moʻgʻullarga qarshi jangda halok boʻlgan Xon Shahid nomi bilan tanilgan Muhammadning qabri boʻlgan.

  1. Delhi and its neighbourhood, by Y. D. Sharma. Published by Director General, Archaeological Survey of India, 1974. Page 20.
  2. Balbanʼs Tomb Delhi, by Patrick Horton, Richard Plunkett, Hugh Finlay. Published by Lonely Planet, 2002. ISBN 1-86450-297-5. Page 128.
  3. „Discover new treasures around Qutab“ (2006-yil 28-mart). 2007-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 14-avgust.