Bolalikning ilk davri
Bolalikning ilk davri – bu inson rivojlanishining goʻdaklikdan keyingi va oʻrta bolalikdan oldingi bosqichidir. Bu bosqich bir necha yillarni oʻz ichiga oladi va bu davrni oʻyin yoshi deb ham ataladi.
Psixologiya JISMONIY TAYYORGARLIK
[tahrir | manbasini tahrirlash]REJA ASOADA TAYAORLASH
Psixologiyada bolalikning ilk davri atamasi odatda tugʻilishdan sakkiz yoshgacha boʻlgan vaqt oraligʻidagi davrga nisbatan ishlatiladi[1], yaʼni chaqaloqlik, bolalar bogʻchasi va birinchi sinf yoshidagi bolalarni qamrab oladi. Bu esa bolalikning ilk davrida uchta rivojlanish bosqichi mavjudligini koʻrsatadi[2].
Jismoniy oʻsish va rivojlanish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu bosqichda miyada, ayniqsa frontal loblarda, asab tolalarining sezilarli sinaptik oʻsishi va miyelinatsiya hosil boʻlishi kuzatiladi. Masalan, 2 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan davrda miya (inson rivojlaninshinig keyingi bosqichlariga qaraganda) koʻproq rivojlanadi[3]. Miyaning oʻsishi kognitiv qobiliyatlarning oʻsishi bilan birga kechadi. Taxminan, besh yoshlarda (yoki undan ertaroq ham) bolalar ravon gapira boshlaydilar va qoʻllarini, koʻzlarini ongli ravishda boshqara oladilar.
Bolalarning jismoniy oʻsishi quyidagi fiziologik qoida boʻyicha rivojlanib boradi: katta muskullar kichik muskullardan oldin rivojlanadi. Katta muskullar yurish, yugurish va boshqa jismoniy faoliyat uchun ishlatiladi. Bu qoʻpol motorli koʻnikmalar deb nomlanadi. Kichik muskullar nozik vosita qobiliyatlari uchun ishlatiladi, masalan, narsalarni olish, yozish, chizish, otish va ushlash kabi[4].
Kognitiv oʻsish va rivojlanish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jan Piaget tomonidan operatsiyadan oldingi bosqich deb ataladigan bu bosqichda bola qayta-qayta „Nima uchun?“ deb soʻraydi va bu bola bilan munosabatlarni oʻrnatishga yordam beradi. Bola hali mavhum fikrlash operatsiyalarini bajara olmaydi. Bola nima haqida gapirilayotganini koʻra olishi kerak, chunki ular mantiq, xiyonat, tafakkur va hokazo tushunchalarni tushunmaydi. Bu ular tom maʼnoda oʻylashlarini anglatadi: agar bolaga „qorongʻu tushmoqda“ deb uxlash kerakligi aytilsa, ular qanday qilib tun (soʻzma-soʻz) osmondan tushishini soʻrashadi. Shuningdek, ular har bir ob’ektda insoniy xususiyatlarni koʻradilar va yana egosentrizmni ham namoyon qiladilar (egoizm bilan adashtirmaslik kerak!). Tadqiqotlarga koʻra, ular boshqa odamning eʼtiqodi borligini tushunmaydilar va bu yoshdagi bolalar oʻzlari xayol qilgan narsalarni hamma oʻylaydi deb tasavvur qiladilar. Bu davrdagi bolalarda idrok etishning diqqat markazida boʻlish masalasi ham mavjuddir[5].
Ijtimoiy-emotsional oʻsish va rivojlanish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hissiy rivojlanish ifodalar, bogʻlanish va shaxsiyat kabi atamalarni oʻz ichiga oladi[6]. Bolalar qorongʻulikdan va yirtqich hayvonlardan qoʻrqishadi, taxminan uch yoshga toʻlganlarida ular oʻgʻil yoki qiz ekanliklarini payqashadi va shunday harakat qilishni boshlaydilar. Oʻgʻil bolalar odatda koʻproq tajovuzkor boʻlsa, qizlar koʻproq mehribonlik koʻrsatadi. Ushbu bosqichda individual farqlar sezilarli boʻladi.
Onaning etnik kelib chiqishi, taʼlim darajasi, farzand koʻrgan yoshi va hatto nechta uka-singillari borligi, shuningdek, qashshoqlik, jazo, tushkunlik va yolgʻiz ona boʻlish kabi omillar bolaning oʻzini tutishi bilan bogʻliq vaziyatlarga juda katta taʼsir oʻtkazadi.
Taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eng koʻp oʻrganilgan maʼlumotlar tugʻilishdan uch yoshgacha sodir boʻladi, bu davrda inson hayotning boshqa har qanday bosqichdagi oʻsishga qaraganda tezroq rivojlanadi. Yosh bolalarning ota-onalari yoki vasiylari tomonidan koʻrsatilgan sevgi, mehr, dalda va ruhiy ragʻbatlantirish bolaning rivojlanishga yordam beradi. Hayotning bu davrida miya tez oʻsib boradi va maʼlumotni qabul qilish osonroq boʻladi. Dastlabki yillarda bolaning miyasi kengayadi. Bolaning erta rivojlanishida kattalar ham, bolalar (boshqa bolalar bilan muloqot qilish) ham muhim rol oʻynaydi. Tengdoshlar bilan yaqin munosabatlar kuchli ijtimoiy aloqalarni rivojlantiradi, yaʼni keyinchalik bunday bolalar odamlar bilan muloqot qilishni yoki doʻstlik aloqalarini oʻrnatishni afzal koʻrishadi. Howes (1983) tadqiqoti chaqaloqlar va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun doʻstlikning oʻziga xos xususiyatlari borligini isbotlab bergan[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „National Association for the Education of Young Children“. About Us. Qaraldi: 2018-yil 12-iyul.
- ↑ Doherty, J. and Hughes, M. (2009) Child Development; Theory into Practice 0–11 (1st ed). Harlow, Essex; Pearson. pp. 8.
- ↑ Berk, Laura (2008). „Exploring Lifespan Development“, p. 222. Ally and Bacon, Boston. ISBN 978-1-256-36323-1.
- ↑ no author. (2010) By Leaps and Bounds: Physical Development [online], Available: https://www.pbs.org/wholechild/parents/dev.html [02.04.2014]
- ↑ „Preoperational Stage - Egocentrism | Simply Psychology“. www.simplypsychology.org. Qaraldi: 2020-yil 15-may.
- ↑ Doherty, J. and Hughes, M. (2009) Child Development; Theory into Practice 0–11 (1st Edn). Harlow, Essex; Pearson.pp 8.
- ↑ No author (2013). Social-Emotional Development Domain. [Online], Available: http://www.cde.ca.gov/sp/cd/re/itf09socemodev.asp#iwp%5Bsayt+ishlamaydi%5D [02/04/2014]
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Early Childhood Care and Education“. UNESCO. 2010-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- „APP for Early Childhood Stimulation“.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |