Bolalik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bolalik – anatomik-fiziologik, ijtimoiy-psixologik jihatdan balog‘atga yetishgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ushbu davr bolaning shaxs sifatida ulg‘ayish, uning kishilik jamiyatining haqiqiy a‘zosiga aylanish davri hisoblanadi.

D.B.Elkoninning etnografik ma’lumotlariga asoslanib ko‘rsatishicha, bolalik davri ularni ijtimoiy ishlab chiqarish tizimiga bevosita qo‘sha olmaslik davrida yuzaga keladi. Rossiya psixologiya maktabining yan bir vakili L.S.Vigotskiyning ko‘rsatishicha, madaniy-tarixiy psixologiya negizida bolaning rivojlanishini o‘rganish – bolaning bir yosh pog‘onasidan ikkinchisiga o‘tishini, har bir yosh davrida yuz beradigan shaxsdagi o‘zgarishlarni o‘rganish va tahlil qiliah demakdir.

Filipp Ariyes, insoniyat tarixi davomida olimlar, yozuvchilar va rassomlar tasavvurida bolalik tushunchasi qanday shakllanganligi hamda u turli tarixiy davrlarda bir-biridan farq qilganligini o‘rgangan.

• Bolalik – individning ontogenetik taraqqiyot bosqichi hisoblanib, uning tug‘ilganidan to kattalar hayotiga qadam qo‘yishgacha bo‘lgan davrini o‘z ichiga oladi.

• Bolalikda go‘daklik, ilk bolalik, boqcha yoshi va kichik maktab yosh davrlari farqlanadi.

• Bolalik - biologik, ruhiy va ijtimoiy yetuklik sari yetaklovchi o‘smirlik va o‘spirinlik davrlariga o‘z o‘rnini bo‘shatib beradi. (Psixologik lug’atdan)