Kontent qismiga oʻtish

Bolalar rozeolasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ekzantema

Bolalar rozeolasi — kichik yoshdagi bolalar orasida uchraydigan yuqumli kasallik. Bu kasallik exanthema subitum, rozeola infantum, psevdorubella, oltinchi kasallik deb ham nomlanadi. Qoʻzgʻatuvchisi Human Herpesvirus HHV-6 va HHV-7 yaʼni gerpes viruslar hisoblanadi. Gerpes virusi yosh bolalarda rozeolaga, katta yoshlilarda esa surunkali charchash sindromiga sabab boʻladi. Viruslar qon orqali toʻqimalarni asosan terini zararlaydi. Mononuklear hujayralarga taʼsir qilib ulardan sitokinlar ajralib chiqishiga sabab boʻladi. Hujayra immun faktorlariga ham taʼsir koʻrsatib terida ekzantema hosil qiladi. Yuqish yoʻli asosan havo-tomchi yoʻli, inkubation davri 5-15 kun. Kasallik tana haroratining koʻtarilishi bilan boshlanadi, 3 kun baland temperaturadan soʻng terida makulapopulez toshmalar paydo boʻladi. Asosan yuzda, koʻkrak va qorinda, bir necha soatdan soʻng butun tanada hosil boʻladi. Shu jarayonda jagʻ osti limfa tugunlari kattalashishi kuzatiladi. Tanada toshma toshgandan soʻng tana harorati qayta kuzatilmaydi. Toshmadan soʻng pigmentatiya qolishi mumkin. Umumiy qon analizida leykopeniya, asosan limfotsitoz kuzatiladi. Serologik diagnostikada Imunoglobulinning toʻrt marotaba ortishini koʻrish mumkin. Maxsus davolash talab qilinmaydi. Tana harorati koʻtarilganda haroratni tushiruvchi preparatlar masalan ibuprofen, parasetamol tavsiya qilinadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil