Kontent qismiga oʻtish

Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaning Muloqot tartibiga oid protokoli

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaning Muloqot tartib-taomiliga oid protokoli - Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiyaga qo‘shilgan davlatlar uchun ochiq bo‘lgan xalqaro shartnoma hisoblanadi[1]. Ushbu protokol 2011-yil 19-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan va 2014-yil 14-aprelda, o‘nta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingach, kuchga kirgan.

2023-yil dekabr holatiga ko‘ra, Protokol 53 ta davlat tomonidan imzolangan va 52 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan.

Protokolni ratifikatsiya qilgan mamlakatlar