Bokudagi Nizomiy Ganjaviy haykali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bokudagi Nizomiy Ganjaviy haykali (ozarbayjoncha: Nizami Gəncəvinin heykəli) — Boku shahridagi Nizomiy nomidagi istirohat bogʻida, Ozarbayjon va Islom Safarli koʻchalari chorrahasida joylashgan buyuk shoir Nizomiy Ganjaviy yodgorligi. Yodgorlikning ochilishi 1949-yil aprel oyida boʻlib oʻtgan. Yodgorlikning haykaltaroshi Ozarbayjon xalq rassomi Fuad Abdurahmonov, meʼmorlari Sadix Dadashev va Mikael Useinov.

Yodgorlik 9 metrli sakkiz burchakli poydevorga oʻrnatilgan 6 metrlik bronza haykaldir. Poydevor qizil labradordan yasalgan, uni qayta ishlashda Nizomiy davrining Ozarbayjon arxitekturasi elementlaridan foydalanilgan. Poydevorning pastki qismida naqshinkor oʻymakorlik va qoplamali bronza plitalar bor. Yettita plitada Nizomiy ijodidan sahna koʻrinishlari, birida yodgorlik yozuvi bor[1].

Yodgorlikdagi barelyeflar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yodgorlikda Nizomiy Ganjaviyning besh dostoni (“Xamsa”) qahramonlari tasvirlangan yetti barelyef oʻyilgan. Ular orasida boyoʻgʻlilar suhbatini tinglayotgan Nusherivon (“Sirlar xazinasi”), Behistun togʻidan yoʻl ochayotgan Farhod (“Xusrav va Shirin”), maktabda ta’lim olayotgan Layli va Majnun (“Layli va Majnun”), ajdahoni oʻldirayotgan Bahrom Goʻr ("Yetti goʻzal"), Iskandar malika Nushaba ziyofatida ("Iskandarnoma") oʻldirilishi va hokazo. Barelyeflar haykaltarosh A. Xryunov rassom Gʻazanfar Xoliqov[2] eskizlari asosida yaratilgan boʻlib, yetti tomondan shoir nomi yozilgan bronza lavhaning yon tomonlarida joylashgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Абдурахманов Фуад Гасан оглы // Большая советская энциклопедия : [в 30 т.] / гл. ред. А. М. Прохоров. — 3-е изд. — М. : Советская энциклопедия, 1969—1978.
  2. Н. Габибов, М. Наджафов.. Искусство Советского Азербайджана. М.: Искусство, 1960 — 132 bet. 
  3. АБДУРАХМАНОВ // Большая советская энциклопедия. — Государственное научное издательство, 1950. — Т. I. — С. 14.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]