Kontent qismiga oʻtish

Boku poyga trassasi

Koordinatalari: 40°22′21″N 49°51′12″E / 40.37250°N 49.85333°E / 40.37250; 49.85333
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Boku poyga trassasi
Joylashuvi Ozodlik maydoni, Boku, Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Vaqt zonasi UTC+04:00
Koordinatalari 40°22′21″N 49°51′12″E / 40.37250°N 49.85333°E / 40.37250; 49.85333
Sigʻimi 18,500[1][2]
FIA darajasi 1
Ochilgan sana 17-iyun, 2016-yil (9 yil avval) (2016-06-17)
Arxitektor Hermann Tilke
Yirik
musobaqalar
Hozirda:
Formula 1
Ozarbayjon Gran-prisi (2017–2019, 2021–hozir)
Yevropa Gran-prisi (2016)
Rasmiy vebsayt bakucitycircuit.com
Gran-pri trassasi (2016–hozir)
Uzunligi 6.003 km (3.730 mil)
Burilishlar soni 20
Poygalarda eng tez aylana 1:43.009 (Monako Charles Leclerc, Ferrari SF90, 2019, F1)

Boku poyga trassasi[3] (ozar. Bakı Şəhər Halqası, ingl. Baku City Circuit) – Ozarbayjonning Boku shahrida, Boku bulvari yaqinida qurilgan avtomobil poygasi uchun moʻljallangan koʻcha trassasi. Trassaning bir aylanasi uzunligi 6,003 km (3,730 mil) ni tashkil qiladi va Formula 1 dagi uzunligi boʻyicha toʻrtinchi trassa hisoblanadi[4] (Spa-Francorchamps trassasi, Jidda koʻcha trassasi va Las-Vegas Strip trassasidan keyin)[5]. Ushbu trassada oʻtkazilgan ilk Formula 1 poygasi 2016-yilgi Yevropa Gran-prisi va unga tegishli qoʻllab-quvvatlovchi tadbirlar boʻlgan[6]. Oradan bir yil oʻtib, yaʼni 2017-yilda, trassada ilk bor Ozarbayjon Gran-prisi boʻlib oʻtdi. Tadbirni Boku trassasi ekspluatatsiya kompaniyasi (ozar. Bakı Şəhər Halqası Əməliyyat Şirkəti) tashkil etadi.

Rejalashtirilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil dekabr oyida Formula 1 ning bosh va ijrochi direktori Bernie Ecclestone Boku trassasida poygalarga 2016-yilda mezbonlik qilishi mumkinligini aytdi. Keyinroq u Koreya Gran-prisi tashkilotchilari shartnomani buzgani sababli poyga 2015-yilda oʻtkazilishi mumkinligini maʼlum qildi[7][8][9]. Biroq 2014-yil iyul oyida musobaqaning Boku trassasida ilk marotaba oʻtkazilishi 2016-yilgacha kechiktirilishi rasman eʼlon qilindi[10].

Boku shahridagi 6 km (3.7 mi) poyga trassasining sxemasi
18-burilish yonidagi Qiz qalʼasi

6.003 km (3.730 mi) uzunlikdagi, soat miliga teskari yoʻnalishda harakatlanadigan trassa loyihasi poyga trassalari arxitektori Hermann Tilke tomonidan ishlab chiqilgan[11]. Trassa Ozodlik maydoni yaqinidan boshlanib, Hukumat uyi atrofida aylanadi, soʻngra 1 km (0.62 mi) uzunlikdagi toʻgʻri yoʻl boʻylab gʻarbga qarab Shirvonshohlar saroyi va Qiz qal’asi tomon yoʻnaladi. Bu yerda 7.6 metr (25 ft) kenglikdagi tor va yuqoriga qarab koʻtariluvchi qismni kesib oʻtiladi, soʻng Eski shahar atrofida aylanib, 2.2 km (1.4 mi) uzunlikdagi Neftchilar prospekti boʻylab start chizigʻiga qaytiladi[10][12]. Mazkur trassa dunyodagi eng tezkor (360 km/h (220 mph))[13] va hozirgi Formula-1 taqvimi boʻyicha uzunligi jihatidan (Belgiyadagi Spa-Francorchamps trassasidan keyin) ikkinchi eng katta[14][15] trassa boʻlishi rejalashtirilgan. Trassaning shahardagi bogʻ hududidan oʻtadigan tor yoʻnalishi 1970-yillarda Ispaniya Gran-prisini qabul qilgan Montjuïc trassasini eslatadi[16].

2016-yilgi Yevropa Gran-prisi doirasida oʻtkazilgan GP2 poygasida 22 nafar haydovchidan 12 nafari marraga yetib bora olmadi[17][18]. 2016-yilgi Yevropa Gran-prisi saralash bosqichida Valtteri Bottas Formula 1 tarixidagi eng yuqori tezlik boʻyicha norasmiy rekordni oʻrnatdi – Williams jamoasi haydovchining 378 km/h (235 mph) tezlikka chiqqanini tasdiqlovchi maʼlumotlarga ega ekanini maʼlum qildi. Bu koʻrsatkich 2005-yilda McLaren haydovchisi Juan Pablo Montoya tomonidan Monzadagi Autodromo Nazionale trassasida sinov paytida qayd etilgan avvalgi 372 km/h (231 mph) rekordini ortda qoldirdi[19].

Formula 1 mavzusidagi, 2016-yilda chiqarilgan Ozarbayjon pochta markasi

Pirelli 2016-yilgi Gran-pri uchun boʻlib oʻtgan erkin mashgʻulotlarda ishlatilgan orqa gʻildiraklarning 90 foizi yerga toʻliq oʻrnatilmagan bordyurlarni ushlab turuvchi boltlar tomonidan kesilib ketganini aniqladi[20]. Jenson Button va Nico Rosberg esa yuqori tezlikda shina yorilishi yoki texnik nosozlik kabi hodisalar yuz bergan holatlarda xavfsizlik nuqtayi nazaridan qochish (toʻqnashuv oldini olish) hududlarining yetarli miqdorda emasligidan xavotir bildirdi. Valtteri Bottas erkin mashgʻulotlarning uchinchi sessiyasini oʻtkazib yuborishga majbur boʻldi, sababi yoʻl chetidagi drenaj qopqogʻi boʻshab qolib, uning Williams FW38 mashinasiga jiddiy shikast yetkazdi[21]. Xuddi shunday holat 2019-yilgi Ozarbayjon Gran-prisining birinchi mashgʻulotida ham yuz berdi – George Russell boʻsh turgan drenaj qopqogʻiga urildi va natijada sessiya bekor qilindi[22]. Koʻplab haydovchilar ushbu trassani uzun toʻgʻri yoʻnalishlar, sekin texnik burilishlar va devorlarga yaqinligi sababli xatoga yoʻl qoʻyish imkoniyati yoʻqligi kabi omillar sabab murakkabligi uchun maqtashdi[23]. 2021-yilda Rosberg tezlik 350 km/h (220 mph) ga yetadigan asosiy toʻgʻri yoʻnalish yaqinida joylashgan pit-leyn kirish joyini tanqid qilib, uni „butun mavsumdagi eng xavfli joylardan biri“ deb atadi. Formula 1 direktori Michael Masi esa Rosbergning fikriga qoʻshilmadi va mazkur trassa „FIA reglamentlarida belgilangan barcha xavfsizlik talablariga javob beradi“, deb taʼkidladi[24].

2022-yil oktyabr oyida Arif Rahimov soʻnggi yetti yil davomida egallab kelgan Baku City Circuit ijrochi direktorligi lavozimidan ozod etildi. Uning oʻrniga Maqsud Farzullayev vaqtincha ijrochi direktor etib tayinlandi[25].

  • Sentabr: Formula 1, Ozarbayjon Gran-prisi; FIA Formula 2, Formula 2 Boku bosqichi

Tezkor aylana rekordlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil aprel holatiga koʻra, Boku poyga trassasidagi rasmiy poygalarda eng tez aylana rekordlari quyidagilardan iborat:

Musobaqa Vaqt Haydovchi Mashina Bosqich
Gran-pri trassasi: 6.003 km (2016 – hozir)
Formula 1 1:43.009 Monako Charles Leclerc Ferrari SF90 2019-yilgi Ozarbayjon Gran-prisi
FIA F2 1:53.478 Fransiya Isack Hadjar Dallara F2 2018 2023-yilgi Formula 2 Boku bosqichi
GP2 1:54.792 Italiya Antonio Giovinazzi Dallara GP2/11 2016-yilgi GP2 Boku bosqichi
  1. Rencken, Dieter; Barretto, Lawrence „Baku F1 organisers close to submitting track layout to FIA“. autosport.com (2015-yil 22-may).
  2. „On F1 ticket sale Azerbaijan earned only 2% of racing costs in Baku center“. abc.az. 2019-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. Orujova, Nigar. „Baku City Circuit unveils logo“. Azernews (2015-yil 30-oktyabr).
  4. „F1: Bernie Ecclestone confirms Azerbaijan to replace axed Korea“. www.auto123.com.
  5. „Fastest ever F1 street circuit revealed for Saudi Arabian Grand Prix in Jeddah“ (en). Formula1.com (2021-yil 18-mart). 2021-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „GP2 Series 2016 season calendar confirmed“. gp2series.com. GP2 Motorsport Limited (2016-yil 4-mart).
  7. Prince, Max „Korea out, Azerbaijan in for 2015 Formula 1 calendar“. www.roadandtrack.com (2014-yil 8-may).
  8. Smith, Luke „Azerbaijan set to welcome Formula 1 in 2015; Korea scrapped“. motorsportstalk.nbcsports.com. NBC (2014-yil 8-may). 2014-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  9. Sylt, Christian „Exclusive: Korean GP dropped to make way for race in Azerbaijan“. www.independent.co.uk. The Independent (2014-yil 8-may).
  10. 10,0 10,1 „Formula 1 – Azerbaijan Grand Prix debut delayed until 2016“. uk.eurosport.yahoo.com. Reuters.
  11. „Azerbaijan layout unveiled for Baku European Grand Prix in 2016“. formula1.com. Formula One Administration (2014-yil 8-oktyabr). 2014-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  12. „Азад Рагимов рассказал о примерной трассе бакинского этапа Формулы-1“ (ru).
  13. „Baku will be the world's fastest street track – Tilke“. autosport.com. Haymarket Publications (2016-yil 24-mart).
  14. Collantine, Keith. „Baku: Slow lap, high top speed – and very narrow“. f1fanatic.co.uk.
  15. „Baku will be 'world's fastest' street circuit“. formula1.com.
  16. Elson, James. „Montjuïc Park's modern-day F1 equivalent – that won't suffer the same fate“. Motor Sport magazine (2021-yil 10-iyun).
  17. „Giovinazzi wins dramatic Baku feature race – GP2 Series“. gp2series.com.
  18. „Giovinazzi doubles up in Baku – GP2 Series“. gp2series.com.
  19. „Opinion: "Crazy" Baku can be F1 gem despite dull debut“. motorsport.com (2016-yil 23-iyun).
  20. Ltd., Crash Media Group „Kerbs caused cuts to '90 per cent of left-rear tyres' – F1 News“. crash.net (2016-yil 18-iyun).
  21. Ltd., Crash Media Group „Bottas brands drain cover incident 'unacceptable' – F1 News“. crash.net (2016-yil 19-iyun).
  22. Benson, Andrew. „Azerbaijan GP practice cancelled after manhole cover incident“. BBC Sport (2019-yil 26-aprel).
  23. „What they say about... Baku City Circuit · F1 Fanatic“. f1fanatic.co.uk (2016-yil 17-iyun).
  24. Smith, Luke. „Masi disagrees with Rosberg over "dangerous" Baku F1 pit entry“. Autosport (2021-yil 8-iyun).
  25. „Arif Rahimov dismissed from post of Executive Director of Baku City Circuit“ (en). Apa.az (2022-yil 18-oktyabr).