Boku neft-gaz rayoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Boku neft-gaz rayoni — Ozarbayjon Respublikasining Apsheron ya. o. va Kaspiy dengizining yarim orolga tutash akvatoriyasidagi nisbatan katta zaxiraga ega boʻlgan neftgaz konlari. Jan. Kaspiy neftgaz havzasiga mansub 80 dan ortiq kondan iborat. Neft konlari murakkab burmalanishga uchragan qatlamlar (braxiantiklinallar) orasida, baʼzan balchiq vulkanlarida, qum, qumtosh va gillardan tashkil topgan oʻrta pliotsen davri jinslarida joylashgan. Umumiy maydoni 8500 km². Boku neft-gaz rayoni g . r.da 20 mingga yaqin burgʻ qudugi kavlangan. Neft uyumlari 4500 m chuqurlikkacha boʻlgan qatlamlarda uchraydi. Konlar ishga solingandan buyen jami 1 mlrd. t dan ziyod neft qazib olingan. Apsheron ya. o.da neft oddiy quduqlardan jun usullar bilan juda qadimdan olib kelingan. 1869 yilda birinchi burgʻ qudugʻidan neft olina boshlanishi bilan neft sanoati ham rivojlana boshladi. 20-asr boshida Boku neft-gaz rayoni g . r. neft qazib olish boʻyicha dunyoda 1 oʻringa chikdi (1901 yilda 11,4 mln. t). Ammo 1 jahon urushi arafasida neft olish 7,7 mln. t ga tushib qoldi. 1920- yillargacha neft yuza qatlamlarda joylashgan faqat 6 ta kondan olingan. Keyinroq yangi konlar ochilib, nasosli va kompressorli usullar qoʻllanila boshladi. Neftni qayta ishlovchi korxonalar (asosan Bokuda joylashgan) ham qayta jihozlandi. 1940 yilda Ozarbayjon Respublikasida 22 mln. t neft qazib olindi (bu oʻsha davrda Ittifokda qazib olingan neftning 71%ni tashkil etdi). 1940- yillar oxirida Kaspiy dengizi tubidan katta neft konlari ("Neft toshlari", Darvin sayozligi va boshqalar) topilib ishga tushirildi. Dengizdagi konlar quruqlik bilan estakadalar orqali tutashtirilgan. Hozir neft 7—8 ming m dan ortiq chuqurliklardan ham olinmoqda. Gaz kondensata va neftgaz .kondensata konlari ham bor. Tabiiy gazning katta zaxirasi Qoradogʻ gazneft konida joylashgan. Gaz konlaridan foydalanish 1950- yillar oxiridan boshlangan.

Boku neft-gaz rayoni g . r. nefti metannaften turiga mansub. Zichligi 849,0–920 kg/m3, tarkibidagi oltingugurt 0,13—0,39%, parafin 0,61—6,04% ni tashkil etadi. Gazning tarkibi 90—96% metan, 1,7— 5,3% etan, 0,51,5% propan, 0,31,5% butan, 0,3—1,5% pentan va boshqalardan iborat.

Boku neft-gaz rayoni g . r.da yangi yirik istiqbolli neftgaz konlari topildi. Gazning zaxirasi 16,5 mlrd. m3. Gaz konlaridan Ozarbayjonning sanoat shaharlariga gaz quvurlari tortilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil