Boku Davlat Universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Boku Davlat Universiteti, M. E. Rasulzoda nomidagi Ozarbayjon universiteti — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1919 yil Boku shahrida ochilgan. Avval Boku, 1922 yildan Ozarbayjon universiteti. 1930 yil tibbiyot, ped., xalq xoʻjaligi va boshqa mustaqil oliy oʻquv yurtlariga boʻlinib ketdi. 1934 yil universitet sifatida qayta tiklandi. Mat., mexanika, fizika, kimyo, biol., geol., geogr., tarix, filol., huquq, sharqshunoslik, jurnalistika boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 13 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Kutubxonasida 1,5 mln.dan ortiq asar bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil