Alliteratsiya
Alliteratsiya (Tavze) — sheʼrda, jumlada, bandda va qisman nasriy asarlarda ham bir xil undosh tovushlarning takrorlanishi. Tovushlar ohangdorligi, asosan bir xil tovushlarning takrorlanishidan hosil boʻlgan ohangdorlik alliteratsiya deb yuritiladi.
Alliteratsiya (lotincha ad ga, da, littera — harf) — qarang Saj[1].
Misol:
Qaro qoshing, qalam qoshing,
Qayiq qayrilma qoshing, qiz,
Qilur qatlimga qasd, qayrab
Qilich qotil qaroshing, qiz…
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |