Bojxona toʻlovlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bojxona to‘lovlaridan yoʻnaltirildi)

Bojxona toʻlovlari — mamlakat chegarasi orqali oʻtkaziladigan (olib kiriladigan va chiqariladigan) tovarmoddiy boyliklar uchun toʻlanadigan haq. Bojxona toʻlovlari ning toʻlash shartlari va meʼyorlari boj tariflarida belgilanadi. Bojxona toʻlovlari meʼyori har qaysi davlat bojxona tizimi qonunqoidalariga muvofiq turlicha boʻlishi mumkin. Oʻzbekistonda Bojxona toʻlovlari ning bo" toʻlovi; qoʻshilgan qiymat soligʻi; aksizlar; bojxona organlari bergan litsenziya uchun va litsenziyani yangilash uchun yigʻim; bojxonaning rasmiylashtirish boʻyicha mutaxassis malaka attestati uchun yigʻim; bojxonada yuklarni rasmiylashtirish uchun boj yigʻish; tovarlarni saqlaganlik uchun boj yigʻimi; tovarlarni bojxona nazoratidan oʻtkazgani uchun boj yigʻimlari; axborot va maslahat uchun toʻlov; oldindan qaror qabul qilganligi uchun toʻlov; bojxona auksionlarida ishtirok etganligi uchun toʻlov kabi turlari mavjud. Bojxona toʻlovlari ni toʻlashdan qisman yoki toʻla ozod etish, tarif imtiyozlari berish har bir mamlakatning bojxona kodeksita asosan amalga oshiriladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Bojxona toʻlovlari" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil