Bohoduxiv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bohoduxiv temir yo'l stantsiyasi

Bohoduxiv (ukraincha: Богодухів, ruscha: Богодухов - Bogoduxov) - Sharqiy Ukrainadagi Xarkov viloyatidagi shahar. Shuningdek Boxoduxiv tumanining maʼmuriy markazi ham hisoblanadi. Bohoduxovda Ukrainaning asosiy aholi punktlaridan biri bo'lgan Bohoduxiv aholi punktining ma'muriy markazi joylashgan.[1] Hozirgi aholi soni 14,882 nafarni tashkil etadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu aholi punkti 1662-yilda kichik qishloq va Bogoduxov shahar posyolkasi sifatida tashkil etilgan.[2][3][4] 1681-yildan buyon shaharcha deb yuritiladi.[4] 1709-yilda, rus-shved urushi paytida, bu shahar Menshikov va imperator Aleksiy tomonidan egallab olingan. 1780-yil apreldan keyin u Rossiya imperiyasining Xarkov gubernatorligidagi Bogoduxov uyezdining ma'muriy markazi bo`lib kelgan.

Bogoduxov shahrida ilk bosh cherkov 1793-yilda qurilgan.

Aholisi soni 1860-yilda 10522 kishi, 1897-yilda 11928 kishi bo`lgan. Sovet davrida bu yerda sanoat va taʼlimni rivojlantirish uchun koʻp ishlar olib borilgan.[2][3]

Bogoduxovning ilk mahalliy gazetasi 1930-yilning fevralidan chiqa boshlagan.[5]

Ikkinchi Jahon urushi paytida Bogoduxov 1941-yil 16-oktyabrdan 1943-yil 17-fevralgacha va yana 1943-yil 11-martdan 7-avgustgacha bo`lgan davrlarda Germaniya armiyasi tomonidan qamal qilingan. Shundan keyin 1-tank armiyasi tomonidan ozod qilingan.[6]

1944-yilda bu yerda sut zavodi qurilgan. [3] 1950-yilda shaharda uchta oʻrta maktab, beshta yetti yillik maktab, ikkita boshlangʻich maktab va bitta kasb-hunar maktabi bor bo`lgan.[2] 1965-yilda bu yerda tibbiyot kolleji ham ochilgan.[3]

1989-yil yanvar oyida aholi soni 18962 kishi [7] boʻlib, iqtisodiyotning asosiy tarmogʻi oziq-ovqat sanoati bo`lgan.[4] 2013-yil yanvar oyida aholi soni 15 797 kishini tashkil etgan.[8]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Богодуховская городская громада“ (ru). Портал об'єднаних громад України. 2022-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 Богодухов // Большая Советская Энциклопедия. / редколл., гл. ред. С. И. Вавилов. 2-е изд. том 5. М., Государственное научное издательство «Большая Советская энциклопедия», 1950. стр.350
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Богодухов // Большая Советская Энциклопедия. / под ред. А. М. Прохорова. 3-е изд. том 3. М., «Советская энциклопедия», 1970
  4. 4,0 4,1 4,2 Богодухов // Большой энциклопедический словарь (в 2-х тт.). / редколл., гл. ред. А. М. Прохоров. том 1. М., "Советская энциклопедия", 1991. стр.147
  5. № 3140. Маяк // Летопись периодических и продолжающихся изданий СССР 1986 - 1990. Часть 2. Газеты. М., «Книжная палата», 1994. стр.411
  6. История второй мировой войны (в 12 тт.). том 7. / редколл., гл. ред. А. А. Гречко. М., Воениздат, 1976. стр.174
  7. Всесоюзная перепись населения 1989 г. Численность городского населения союзных республик, их территориальных единиц, городских поселений и городских районов по полу
  8. „Чисельність наявного населення України на 1 січня 2013 року. Державна служба статистики України. Київ, 2013. стор.97“. 2013-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.