Bogʻlama

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bogʻlama (grammatikada) — gapda ega va kesimni biriktiruvchi vosita. Bogʻlamalar oʻz leksik maʼnosini yoʻqotib, yordamchi soʻz vazifasini bajaradi. Ular lugʻaviy birlik holatida oʻz leksik maʼnosiga ega boʻlishi mumkin, lekin yordamchi soʻz sifatida grammatik vazifani bajarishda undan xoli boʻladi. Bogʻlama predikativlikni shakllantiradi va ot kesimga qoʻshilib, uning modallik, zamon, mayl, shaxsson maʼnolarini ifodalaydi. U "boʻl" feʼli va toʻliqsiz feʼlning "edi", "ekan", "emish" shakllaridan iborat. Predikativlik qoʻshimchalari ham Bogʻlama vazifasini oʻtaydi va modallik, zamon, shaxsson munosabatlarini bildiradi. Maye, "Men bogʻbon boʻlaman", "Men bogʻbondir", "Men bogʻbon" va hokazo. Bogʻlama vazifasini yana "kel", "sana", "hisobla", "ata" kabi feʼllar ham bajara oladi. Bogʻlama ot kesimlarni shaxsson jihatdan ega bilan moslashtiradi, yaʼni ega va kesimning oʻzaro moslashuv bogʻlanishini taʼminlaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Bogʻlama" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil