Bogʻi avars

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bogʻi avars, Bavars — Badaxshondagi oʻrta asr kalʼalaridan biri. Taliqon bilan Badaxshon shahri oraligʻida joylashgan. Mahalliy rivoyatlarga koʻra, B. A. goʻzal va obod boʻlgan, qalʼaning aylana devori 2,5 farsahni tashkil etgan. B. A. qalʼasi 13-asrda Chigʻashoyxon davrida buzilib, bir necha asrdan soʻng 17-asrda qayta tiklangan. Bu yerdagi bir buloq suvidan vinoning taʼmi kelib turgan. Yaʼkubiy (9-asr) asarida Bavars shahri tarzida uchrab, u Balxga mansub, jome masjidi bor shaharlar qatorida qayd etib oʻtilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Bogʻi avars" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil