Bodo Jan Moris Emil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

BODO (Bandot) Jan Moris Emil (1845.11.9, Manyo, Fransiya — 1903.23.3, Parij yaqinida) — fransuz ixtirochisi. Koʻp qirrali ketmaket telegraflash masalasini amalda birinchi boʻlib hal qilgan; 1874 yilda ikki karrali ketmaket telegraflash apparati uchun, 1876 yilda besh karrali telegraflash tizimi uchun patent olgan. B. apparatlari birinchi marta ParijBordo liniyasiga oʻrnatilgan (1877). 1927 yildan telegraflash tezligi birligi (bod) B. nomi bilan atalgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil