Bodiyagalar (Spongillidae) — gʻovaktanlilar tipining chuchuk suvlarda yashaydigan oilasi. 16 ta avlodi va 94 turi bor. Asosan Yevrosiyoning daryo va koʻllarida tarqalgan. Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi daryo va koʻllarda bir necha turi uchraydi. Kattaligi 1 m gacha. B. aniqshaklga ega emas. Poʻstloqsimon, daraxtsimon shoxlangan yoki boshqa shaklda boʻladi, suv ostidagi narsalarga yopishib yashaydi. Rangi sargʻishqoʻngʻir, jigarrang, yashil yoki qizgʻish. Skeleta kremniydan tuzilgan bir oʻqli nina shaklida, organik modda — spongin bilan bir-biriga yopishgan. Boʻlinish, tashqi yoki ichki kurtaklanish va jinsiy yoʻl bilan koʻpayadi. Kuzda koʻpincha mustahkam ikki qavat qobiq bilan oʻralgan ichki kurtaklar — gemmulalar hosil qiladi. Gemmulalar qishlab, bahorda yosh bulutga aylanadi. Xalqtabobatida quritilgan B. dan bod va asab kasalliklarini davolashda foydalaniladi, kosmetikada sunʼiy qizillik yugurtirish uchun ishlatiladi. Baʼzan quvurlarga kirib qolib, suv yoʻlini toʻsib qoʻyishi mumkin.