Boden koʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BODEN KOʻLI — Germaniya, Shveysariya va Avstriya chegarasidagi qad. muzlik vodiysidagi yirik koʻl. 395 m balandda joylashgan. Maydoni 538 km², uz. 63 km, eni 14 km, eng chuqur joyi 252 m. Boden koʻli shim.gʻarbga 3 qismga tarmoqlangan (Iberling , Quyi va Seller koʻllari). Qirgʻoqlarining aksariyat qismi tekis yoki jan.sharqi baland qoyali. Boden koʻli dan Reyn daryosi oqib oʻtadi. Kema qatnaydi. Suvi kamdankam muzlaydi, qishda sohil iqlimini yumshatib turadi. Baliq ovlanadi. Koʻl sohilidagi yirik shaharlar: Konstans, Fridrixsxafen, Lindau (Germaniya), Bregens (Avstriya). Boden koʻli atrofida kurort, qoʻriqxona koʻp.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil