Ramz Bobojon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bobojon Ramzdan yoʻnaltirildi)
Ramz Bobojon
Tavalludi 2-dekabr 1921-yil
Vafoti 31-dekabr 2008-yil(2008-12-31)
(87 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Mukofotlari

Ramz Bobojon (taxallusi; asl ism-sharifi Bobojonov Ramz, 1921. 2.12, Toshkent) — shoir va dramaturg. Oʻzbekiston xalq shoiri (1981). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1971). Toshkent pedagogika instituti (1944) va shu institut aspiranturasi (1955)ni tugatgan. „Lenin uchquni“ (hozirgi „Tong yulduzi“) gazetasida boʻlim mudiri, muharrir, Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi (194959), Yozuvchilar uyushmasi pravleniyesi kotibi (1960—63; 1968—80), Badiiy adabiyot nashriyoti direktori (1963— 67), Oʻzbekiston „Vatan“ jamiyati pravleniyesi raisi (1981—86) lavozimlarida xizmat qilgan.

Ijodi 1936-yildan boshlangan. „Sheʼrlar“ (1939), „Hadya“ (1940), „Oltin kamalak“, „Vodiyni kezganda“ (1949), „Tanlangan asarlar“ (1958), „Sevgi sirlari“ (1963), „Sheʼrlar“ (1965), „Senga, sevgilim“ (1969), „Muxabbatga taʼzim“ (1980), „Sening mehring“ (1997), „Surayyo yulduzidan shuʼlalar“ (2001) sheʼriy kitoblar muallifi.

Ramz Bobojon doston janrida ham ijod etib, „Qadrdon doʻstlar“ (1948), „Birinchi parvoz“ (1955), „Bobom bilan suhbat“ (1967), „Obi hayot“ (1969), „Hindiston onasi“ (1972), „Bahs“ (1973) singari liroepik asarlar yaratgan.

„Togʻa-jiyanlar“ (1961), „Insu jins yoki Tirik murdalar“ (1972), „Zuhraning maktublari“ (1975) komediyalari, shuningdek, „Yusuf va Zulayho“ musiqali dramasi (1981) respublika teatrlari sahnalarida qoʻyilgan. „Zuhraning maktublari“ komediyasi „Loʻlini aldab boʻlmaydi“ nomi bilan Moskvadagi „Romen“ teatrida sahnalashtirilgan. „Yusuf va Zulayho“ musiqali dramasi asosida esa 5 seriyali televizion film yaratilgan.

Ramz Bobojon G. Ibsen („Arvoxlar“), A. T.Tvardovskiy („Vasiliy Tyorkin“), M.I.Aliger („Zoya“), Nabi Hizriy („Sevgim, sevgilim“) va boshqa adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. „Elyurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlangan (2003).[1][2][3][4][5][6][7]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]