Bobishmulla

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bobishmullasak qabilalaridan apasiaklarga oid qalʼa va qabr harobalari (miloddan avvalgi 42-asrlar). Qad. Xorazm vohasidagi Janadaryo boʻyida joylashgan. B.da arxeolog S. P. Tolstoye qazish ishlari olib borgan (1946). Toʻgʻri toʻrtburchak tarhli qalʼa burjlar bilan mustahkamlanib, shinakli mudofaa devorlari bilan oʻralgan. Markazida katta bino va burchak qismida bosh minora boʻlgan. Bularning barchasi xom gʻisht (39x39x11 va 40x40x11 sm)dan qurilgan. Qazishmalarda tegirmon toshlari, hayvon suyaklari, sopol idishlar, koʻplab oltin taqinchoqlar topilgan. Odam jasadlari maxsus taxta supalar ustiga qoʻyilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil