Boʻzdungtov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bo‘zdungtovdan yoʻnaltirildi)

Boʻzdungtov — Markaziy Qizilqumdagi qir. Jan.gʻarbdan shim.sharqqa tomon choʻzilgan. B. gʻarbda Tuhfabergan, jan.sharqda Jamanqashqirtov togʻlari bilan, shim.da Boʻkantov yassitogʻligi bilan tutash. Eng baland joyi — 764 m (Irlitov). B. yuqori paleozoyning ohaktosh, dolomit, kremniyli slanes, qumtosh jinslaridan tuzilgan, bu jinslar gersin orogenezida burmalangan. Alp burmalanishida yana koʻtarilgan. B. asimmetrik boʻlib, jan. yon bagʻirlari tikroq, quruq soylar oʻyib yuborgan. B. etaklarida yer osti suvlari yer yuzasiga yaqin (1–4 m), shu tufayli quduq koʻp. Quduqlar atrofida ovullar joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Boʻzdungtov" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil