Boʻyinturuq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bo‘yinturuqdan yoʻnaltirildi)

BOʻYINTURUQ — dehqonchilik abzali. B. yoʻgʻonligi oʻrtacha 12—20 sm, uz. 2,5–3 m boʻlgan dumaloq yogʻochdan tayyorlanadi. Qoʻsh qoʻshishda ikki uchi ikki mol boʻyniga qoʻyiladi. Uchlaridagi qoʻsh yon choʻp (shamyon choʻp) bilan hoʻkizlarning boʻyniga mahkamlanadi, omoch oʻqi B.ning oʻrta belidagi tirqishga ulanadi. Hozir deyarli ishlatilmaydi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil