Boʻy uzunligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bo‘y uzunligidan yoʻnaltirildi)

Boʻy uzunligi — irqqa xos belgi. Boʻy uzunligi antropologiya, tibbiyot sohalarida va tikuvchilik sanoatida hisobga olinadi. Muhim morfologik belgi boʻlgani uchun boshqa koʻpgina belgilar maʼlum darajada u bilan aniqlanadi. Antropologiyada turli boʻy uzunligiga ega boʻlgan irklarni past, oʻrta va baland boʻyli irqlar deb ataladi. Dunyo miqyosida erkaklarning oʻrtacha boʻyi shartli ravishda 164,0 sm dan 166,9 sm gacha, ayollarning oʻrtacha boʻyi esa 153,0 sm dan 155,9 sm gacha qabul qilingan. Antropologik tadqiqotlar oʻzbek va tojiklarning oʻrta boʻylik ekanligini koʻrsatadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Boʻy uzunligi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil