Kontent qismiga oʻtish

Boʻritaroq

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Bo‘ritaroqdan yoʻnaltirildi)
Boʻritaroq
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Boʻritaroq, gʻoʻzarak (Hibiscus trionum L.) — gulxayridoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi tik oʻsadi, boʻyi 10—70 sm, sershox. Barglari uch boʻlakli, choʻziq, tubigacha patsimon boʻlakchalarga ajralgan. Gullari sariq, uzun gulbandlarda yakkayakka joylashgan. Asosida qirmizi rangli dogʻlari bor. Mevasi koʻsakcha. Issiq va namsevar oʻsimlik. Nihollari mart— mayda koʻkaradi. Iyun — avgustda gullaydi, iyuldan oktabrgacha mevalaydi. Urugʻidan koʻpayadi. Bir tupi 15 ming urugʻ beradi. Urugʻlar tuproqning 6—8 sm chuqurligida 57 yilga qadar yashovchanligini saqdab qoladi, harorat 5—6°da unib chiqadi. Oʻrta Osiyoda sugʻorma dehqonchilik rayonlarida koʻp tarqalgan. B. paxta maydonlari, chopiq qilinadigan ekinlar orasida, shuningdek yoʻl, ariq yoqalari, tashlandiq yerlar va bogʻlarda uchraydi.

Kurash choralari: ekish oldidan urugʻni tozalash, yerni boronalash, qator oralariga ishlov berish, maysa koʻkarmasdan gerbitsidlar sepish va boshqa

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil