Boʻlinmas fond

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bo‘linmas fonddan yoʻnaltirildi)

Boʻlinmas fond — jamoa xoʻjaliklarining boʻlinmas fondi — jamoa xoʻjaliklari, shirkat xoʻjaliklarining aʼzolari oʻrtasida taqsimlanmaydigan jamgʻarmalar. Boʻlinmas fond tarkibi asosiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish vositalari (binolar, inshootlar, turli texnika va mexanizmlar, transport vositalari, boquvdagi va mahsuldor mollar, koʻp yillik daraxtlar, mevali bogʻlar, kollektordrenaj tarmoklari, gidrotexnika inshootlari, yoʻllar va ijtimoiy soha obʼyektlari, uzoq muddatli qoʻyilmalar, tugallanmagan qurilishlar va boshqalar) va aylanma vositalar (turli xil xom ashyolar, tayyor mahsulotlar, urugʻlik, yemxashak va boshqa chorva ozuqa mahsulotlari, yoqilgʻi materiallari, oʻgʻit va kimyoviy preparatlar, ehtiyot qismlar, hisob raqamidagi pul mablagʻlari va boshqalar) dan tashkil topadi. Boʻlinmas fond xoʻjalik sof foydasidan ajratmalar hisobiga koʻpaytiriladi va u kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish, umumxoʻjalik va ijtimoiy ahamiyatga molik vazifalarni bajarishga sarflanadi. Boʻlinmas fond obʼyektlari va boshqa manbalari har yili xatlanadi hamda uning kelgusi hisobot yilidagi miqdori xoʻjalik umumiy yigʻilishida tasdiqlab beriladi.

Tarixan Boʻlinmas fond lar Oʻzbekistonda jamoa xoʻjaliklari tuzish davrida vujudga keldi. 1926-yil iyunda qishloq xoʻjaligi jamoalari sobiq Butunittifoq kengashida jamoa xoʻjaliklari Boʻlinmas fond ni yaratish haqida qaror qabul qilinib, u 1927-yil martdagi "Jamoa xoʻjaliklari toʻgʻrisida"gi Qonuni bilan amaliyotga joriy etildi. Boʻlinmas fond jamoa xoʻjaliklarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Biroq ularning keyingi rivojlanish bosqichlarida sobiq Ittifoq iqtisodiy tizimida yoʻl qoʻyilgan xatokamchiliklar (mas, davlat xoʻjaliklarining rolini sunʼiy ravishda oshirilishi va jamoa xoʻjaliklariga eʼtiborning susayishi) tufayli Boʻlinmas fond, shu bilan birga xoʻjalikni tashkil etish jarayonida aʼzolarning qoʻshgan pay badallari ham davlat mulkiga aylantiridsi. Natijada Boʻlinmas fond lar barham topdi.

Oʻzbekiston mustaqillikni qoʻlga kiritgach, qishloq xoʻjaligi korxonalarida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni kafolatlash manbalarini yaratishga alohida eʼtibor qaratildi. UzR Oliy Majlisining 11sessiyasida (1998-yil aprel) tasdiklangan "Qishloq xoʻjaligi shirkati toʻgʻrisida"gi Qonun asosida Boʻlinmas fond qaytadan tiklanib, amaliyotga joriy etildi. Boʻlinmas fond ni tashkil etish va undan foydalanish tartibqridalari "Qishloq xoʻjaligi shirkatining Ustavi" va "Qishloq xoʻjaligi shirkatining boʻlinmas fondini shakllantirish va undan foydalanish toʻgʻrisida Nizom"ga (1998) asosan amalga oshiriladi. Bu hujjatlarga kura, shirkatning umumiy mulki, yaʼni Us t a v kapitali pay jamgarmasi va Boʻlinmas fond dan tashkil topadi (Boʻlinmas fond miqdori Us t a v kapitalining 40% dan kam boʻlmasligi kerak) va shirkat aʼzolari ularga nisbatan mustaqil tasarruf etish, egalik qilish, foydalanish kabi huquqlarni amalga oshiradilar. Shirkat qayta tashkil etilayotgan va tugatilayotgan hollarda Boʻlinmas fond tarkibidagi ijtimoiy infratuzilma (maorif, madaniyat va boshqa sohalar obʼyektlari) qayta taqsimlanmay, balki umumiy yigʻilish yoki maxsus (tugatish) komissiya qarori bilan tegishli muassasa yoki mahalliy davlat organlari tasarrufiga beriladi. Boʻlinmas fond yaratish va undan foydalanish mexanizmi qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarishni hamda mulkiy munosabatlarni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Choriyev, Qurbon. "Boʻlinmas fond" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil