Boʻlinishlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bo‘linishlikdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Boʻlinishlik — biror sonning ikkinchi biror songa boʻlina olishligi. Agar butun sonni butun songa boʻlishdan hosil boʻlgan boʻlinma ham butun son boʻlsa, a soni b soniga qoldiqsiz boʻlinadi deyiladi. Bunda arifmetikaning quyidagi asosiy teoremasi oʻrinlidir: har qanday birdan katta natural son yagona usulda tub sonlar koʻpaytmasiga yoyiladi: n=plp2...plr (qarang Tub sonlar). Barcha butun algebraik sonlar sohasida arifmetikaning asosiy teoremasi oʻrinli emas. Quyida baʼzi bir B. alomatlari keltiriladi. Oxirgi ikki raqami nol boʻlgan yoki 4 ga boʻlinadigan sonlar 4 ga boʻlinadi. Mac, 31700, 16608. Raqamlari yigʻindisi 3 (9) ga boʻlinadigan sonlar 3 (9) ga boʻlinadi. Mac, 17835, 52632.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Boʻlinishlik" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil