Boʻzsuv (shaharcha)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Boʻzsuv — Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanidagi shaharcha (1974-yildan). Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Yangiyoʻl (23 km). Aholisi 4,7 ming kishi (1999). B.da umumiy taʼlim maktablari, bogʻchalar, kinoteatr, kasalxona, dorixona, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil