Boʻz (shaharcha)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Shahar
Boʻz
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Andijon viloyati
Tuman Boʻz (tuman)
Koordinatalari 40°41′0″N 71°55′0″E / 40.68333°N 71.91667°E / 40.68333; 71.91667Koordinatalari: 40°41′0″N 71°55′0″E / 40.68333°N 71.91667°E / 40.68333; 71.91667
Aholisi 9 294[1] nafar (1989)
Vaqt mintaqasi UTC+5
Boʻz (shaharcha) (Oʻzbekiston)
Boʻz

BoʻzAndijon viloyatidagi shaharcha (1983 yildan). Boʻz tumaninig markazi. Aholisi 11,7 ming kishi (1999). B. qadimgi qishloqlardan boʻlib, 1950 yilgacha Nasriddinbek deb atalgan. B.da 2 sanoat korxonasi (paxta tozalash zavodi va "Zafar" aksiyadorlik jamiyati), avtokorxona, avtokolonna, elektr va pochta aloqasi korxonalari, 3 mexanizatsiyalashgan koʻchma kolonna, 2 kurilish taʼmirlash va yoʻl taʼmirlash boʻlimi faoliyat koʻrsatadi. Ped. va tibbiyot bilim yurtlari, hunar litseyi, madaniyat saroyi, bolalar kutubxonasi, stadion, bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, 365 oʻrinli kasalxona, poliklinika bor.[2]

Manbalar[tahrir]

  1. Перепись-1989
  2. "Boʻz (shaharcha)" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil