Boʻyoqli oʻsimliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Boʻyoqli oʻsimliklar — tarkibida boʻyoq moddalari boʻlgan oʻsimliklar. Boʻyoq Boʻyoqli oʻsimliklar oʻ.ning hamma qismlari (lishayniklarda) yoki bir qismi (ildizi, poʻstlogʻi, guli, bargi va hokazo)dan olinadi. Oʻsimliklardan olingan tabiiy boʻyoqlarning sifati sunʼiy (sintetik) boʻyoklarga nisbatan yuqori boʻladi. Oʻzbekistonda roʻyan (Rubia tinctorum), oʻsma (lsatis tinctoria), isiriq (Peganum harmala), anor (Punica granatum^apfl aH qizil boʻyoq; yongʻoq (Juglans regia), karmak (Itopsht)lardan jigarrang va qora boʻyoq; zirk (Berberis oblonga), isfarak (Delphinum semibarbatum), sutlama (Euphorbia), rezeda (Reseda luteola), maxsar (Carthamus tinctorius), tuxumak (Sophora japonica), zaʼfar (Crocus), tut (Morus), olma (Ma1i8)lardan sariq boʻyoq; gulxayri (Althaea kkea)dan koʻk va binafsha boʻyoq olinadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil