Boʻtakoʻl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bo`tako`ldan yoʻnaltirildi)

BoʻtakoʻlQoraqalpogʻiston Respublikasidagi koʻl. Qorateren koʻlining gʻarbida, undan 5 km uzoqlikda joylashgan. B.ning oʻrni pastqamlikdan iborat. Yoshkulgen qumli choʻli bilan oʻralgan. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa yoʻnalgan. Uz. 16 km, eni shimolida 800–900 m, janubida 1,2 km, oʻrtacha chuq. 2–3 m, eng chuqur joyi 4 m. Koʻksuv zovuri va artezian suvlaridan toʻyinadi. Suvning yil davomida turli miqdorda quyilishi tufayli sathi ham barqaror emas. Minerallashuv darajasi 1 l suvda oʻrtacha 12—16 g. Qirgʻoqlar qiya, qirgʻoqqa yaqin joylari qamishzor. Baliqchilikda foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Boʻtakoʻl" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil