Jumrut

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bo`ribag`irdan yoʻnaltirildi)

Jumrut, boʻribagʻir (Rhamnus coriacea Kom.) — chilonjiydadoshlar (jumrutdoshlar) oilasiga mansub yirik buta yoki past boʻyli daraxt. Gullari mayda, sargʻish-yashil, toʻpguli yarim soyabon. Bargi oddiy, tuxumsimon, tuksiz, uz. 2—5 sm. Mevasi qora, danakli. May—iyunda gullaydi, mevasi iyul— avgustda yetiladi. Toshkent, Fargʻona, Samarqand viloyatlaridagi togʻli tumanlarning sernam yerlarida oʻsadi. Xalq tabobatida mevasi va poʻstlogʻining qaynatmasi qustiruvchi dori, surgi sifatida ishlatiladi.[1] Tog' jumrut. Joster slabitelniy (Rhamnus cathartica L.) Tog' jumrut bo'yi 3-8 m bo'ladigan sershox buta yoki daraxtcha. U cho'lda, qurib qolgan o'tloqlarda, bo'talar orasida, suv bo'yida, o'rmon chetida, toshloqlarda o'sadi. O'zbekistoning tog'li tumanlaridagi archazorlar, yong'oqzorlar, daryo bo'yida va tog' qiyalarida uchraydi. Tibbiyotda tog' jumrutning mevasidan foydalaniladi. Meva tarkibida antraglikozidlar, qandlar, flavonoidlar va boshqa moddalar bor. Mevadan tayyorlangan qaynatma xalq tabobatida surgi dori sifatida xamda podagra, istisqo va surunkali teri kasalliklarini davolash uchun qo'llaniladi. Tibbiyotda tog' jumrut mevasining qaynatmasi yoki damlamasi surunkali qabziyatda surgi dori sifatida ishlatiladi. Tog' jumrut mevasi surgi dori sifatida ishlatiladigan yig'ma -choylar hamda Zdrenko yig'masi tarkibiga kiradi.


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil