Shoʻrbuloqsoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bo`ragansoydan yoʻnaltirildi)
Shoʻrbuloqsoy
Shoʻrbuloqsoy Hovos t.-yil stansiyasi yaqinda
Shoʻrbuloqsoy Hovos t.-yil stansiyasi yaqinda
Tavsif
Uzunligi 92
Suv sarfi 1,1 m³/s
Davlat Tojikiston va Oʻzbekiston
Shoʻrbuloqsoy


Shoʻrbuloqsoy (Oltikoʻl, Sarmichsoy, Buragansoy, Shahristonsoy) — Tojikiston Respublikasining Sugʻd viloyati va Oʻzbekiston Respublikasi Sirdaryo viloyatining janubidagi daryo. Uzunligi 92 km, havzasining maydoni 712 km². Turkiston tizmasining shim. yon bagʻridagi Shahriston dovonidan (3270 m) boshlanadi. Bosh qismida (chap irmogʻi boʻlgan Qumbel jilgʻasining quyilish joyigacha) Oʻrtakoʻl, undan quyiroqda (Shahriston qishlogʻigacha) Oltikoʻl, keyin Sarmichsoy, Nijoni qishlogʻidan quyida Havotag va Oʻzbekiston hududiga oʻtgach Nurbuloqsoy, Uchqoʻrgʻon qishlogʻidan quyida Sh. deb ataladi. Quyilish qismi Xovos temir yoʻl stansiyasidan 4 km shim.gʻarbda. Asosiy irmoqlari oʻngdan — Kusavli, chapdan — Yaskaksuv. Qor suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi Yaskaksuvning quyilish joyidan pastroqda, Shahriston qishlogʻidan 2 km yuqorida — 1,1 m³/sek. Eng koʻp yillik suv sarfi 1,50 m³/sek, eng kam yillik suv sarfi 0,740 m³/sek. Toʻlinsuv davri apreldan avgustgacha. Suvi sugʻorishga sarflanadi.

Boʻragansoy[tahrir | manbasini tahrirlash]

BOʻRAGANSOY — Turkiston tizmasining shim. yon bagʻridagi soy. Shahriston dovonidan boshlanib, shim. yoʻnalishda oqadi va Xovos temir yoʻl stansiyasiga yetmasdan, 4 km shim.sharqda tugaydi. B. boshlanishida Oltinkoʻlsoy, yuqori oqimida B., oʻrta oqimida Shahristonsoy, quyi oqimida Sarmichsoy, Shoʻrbuloqsoy deb ham ataladi. Uzunligi 92 km, havzasining maydoni 712 km². B.ning umumiy uz. 40 km boʻlgan 21 ta mayda irmogʻi bor. B. muz, qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Toʻlinsuv davri aprelda boshlanib, avgustda tugaydi. B.ning 75—80% oqimi shu davrda oqib oʻtadi. Suv sarfi may oyida keskin ortib iyunda 620 l/sek gacha yetadi, iyuldan esa kamayadi. Kishda suvi kamayadi, baʼzan qurib qoladi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 190 l/sek. Yozgi toʻlinsuv davrida suvining loyqaligi 4,7 kg/m3 gacha ortadi. Qishda suv yuzasi muzlaydi.