Bo'yin chigali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Cervical plexus
Dermatome distribution of the trigeminal nerve (Superficial cervical plexus visible in purple, at center bottom.)
Details
From C1-C4
Identifiers
Latin plexus cervicalis
MeSH D002572
TA98 A14.2.02.012
TA2 6374
FMA 5904
Anatomical terms of neuroanatomy

Bo'yin chigali - bo'yinning C1 dan C4 gacha bo'lgan segmentlaridan kelib chiqadigan birinchi to'rtta bo'yin umurtqa nervlarining oldingi tarmoqlaridan hosil bo'ladi[1][2][3].Ular medial tomondan prevertebral mushaklar va lateral tomondan vertebral (m. skalenus, m. levator scapulae, m. splenius cervicis) mushaklaro'rtasida,oldingi lateral yuzadasi joylashgan. Qo'shimcha nerv, til-osti nervi va simpatik poya bilan anastomozlari mavjud. U bo'yin qismida, to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon mushak chuqurligida joylashgan[4]. Bo'yin chigalidan hosil bo'lgan nervlar boshning orqa qismini, shuningdek, ba'zi bo'yin muskullarini innervatsiya qiladi[2]. Bo'yin chigalining tarmoqlari orqa uchburchakdan nerv nuqtasida chiqadi, bu nuqta to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon mushakning orqa chegarasining o'rtasida joylashgan.

Tarmoqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bo'yin chigalining uch xil tarmoqlari mavjud: sezuvchi, harakatlantiruvchi va aralash.

  • Sezuvchi:
    • Ensaning kichik nervi(n. occipitalis minor) - quloqning orqa qismidagi terini va bosh terisini innervatsiya qiladi (C2)
    • Katta quloq nervi(n. auricularis magnus) - quloq suprasiva tashqiquloq kanali (C2 va C3) yaqinidagi terini innervatsiya qiladi.
    • Ko'ndalang bo'yin nervi(n. transversus colli) - bo'yinning oldingi qismini innervatsiya qiladi (C2 va C3)
    • O'mrov ustki nervi(nn. supraclaviculares) - o'mrov ustidagi va ostidagi terini innervatsiya qiladi (C3 va C4)[5].
  • Harakat(mushak)chigal atrofida joylashgan mushaklami: m. longus colli, m.longus capitis, mm. scaleni anterior, medius, posterior, mm. recti capitis anterior et lateralis, m. intertransversari anteriores, m. levator scapulae innervatsiya qiladi.
    • Harakatlantiruvchi shoxlardan pastki ildiz (r. inferior), til osti nervidan chiquvchi yuqorigi ildiz (r.superior) bilan qo‘shilib,ansa cervicalis hosil qiladi. Uning tarmoqlari til osti suyagining ostidagi mushaklami (to‘sh-til osti mushagi, to‘sh-qalqonsimon mushagi, kurak-til osti mushagi, qalqonsimon-til osti mushagi) innervatsiya qiladi. Bundan tashqari, bo‘yin chigalidan to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon va trapetsiyasimon mushaklarga ham tarmoqlar chiqadi.
    • Aralash tarmoqqa diafragma nervi (n. phrenicus) kiradi. Bu nerv C3-C4ning oldingi tarmoqlaridan hosil bo'lib, oldingi narvonsimon mushakning oldingi yuzasidan pastga tushadi. Ko‘krak qafasining ustki aperturasi orqali kiradi va diafragmada tarmoqlanadi. Uning harakatlantiruvchi tolalari diafragmani, sezuvchi tolalari plevra va perikardni innervatsiya qiladi. Uning sezuvchi diafragma va qorin tarmoqlari (rr. phrenicoabdominales) qorin bo‘shlig‘iga o‘tib diafragmani qoplagan qorinpardani innervatsiya qiladi. O‘ng diafragma nervi tolalari jigar kapsulasida tugaydi.

Qo'shimcha rasmlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Donofrio, P. D.; Clarke, C. D. (2014-01-01), Aminoff, Michael J.; Daroff, Robert B. (muh.), „Neuropathies, Iatrogenic“, Encyclopedia of the Neurological Sciences (Second Edition) (inglizcha), Oxford: Academic Press: 481–484, doi:10.1016/b978-0-12-385157-4.00679-5, ISBN 978-0-12-385158-1, qaraldi: 2020-10-25
  2. 2,0 2,1 Cesmebasi, Alper (2015-01-01), Tubbs, R. Shane; Rizk, Elias; Shoja, Mohammadali M.; Loukas, Marios (muh.), „Chapter 31 - Anatomy of the Cervical Plexus and Its Branches“, Nerves and Nerve Injuries (inglizcha), San Diego: Academic Press: 441–449, doi:10.1016/b978-0-12-410390-0.00032-9, ISBN 978-0-12-410390-0, qaraldi: 2020-10-25
  3. Jo, Jasmin; Schiff, David (2014-01-01), Aminoff, Michael J.; Josephson, S. Andrew (muh.), „Chapter 26 - Metastatic Disease and the Nervous System“, Aminoff's Neurology and General Medicine (Fifth Edition) (inglizcha), Boston: Academic Press: 539–562, doi:10.1016/b978-0-12-407710-2.00026-6, ISBN 978-0-12-407710-2, qaraldi: 2020-10-25
  4. Moskovitz, Joshua B.; Choi, Andrew (2015-01-01), Tubbs, R. Shane; Rizk, Elias; Shoja, Mohammadali M.; Loukas, Marios (muh.), „Chapter 11 - Regional Nerve Blocks of the Head and Neck“, Nerves and Nerve Injuries (inglizcha), San Diego: Academic Press: 147–151, doi:10.1016/b978-0-12-410390-0.00011-1, ISBN 978-0-12-410390-0, qaraldi: 2020-10-25
  5. Clinically Oriented Anatomy by Moore and Dally's

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Anatomy figure: 25:03-02 at Human Anatomy Online, SUNY Downstate Medical Center - "Diagram of the cervical plexus"
  • MedicalMnemonics.com: 268
  • Diagram at msu.edu (Wayback Machine saytida 2019-06-03 sanasida arxivlangan) Archived 2019-06-03 at the Wayback Machine

Andoza:Spinal nerves