Boʻron oʻlchagich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bo'ron o'lchagichdan yoʻnaltirildi)

Boʻron oʻlchagich — kuchli shamol (boʻron, poʻrtana) tezligini oʻlchaydigan asbob. B.oʻ. sifatida Usimon manometrga ulangan ikkita (dinamik va statik) Pito naychasidan iborat asbob, shuningdek koʻp kosachali anemograf ishlatiladi. Anemografning sezgir elementi metall naychaga mahkamlangan 10—21 kosachalar tizimidan iborat. Havo oqimi taʼsirida kosachalarning qavariq va botiq tomonlarida aerodinamik qarshiliklar farqi hosil boʻladi; natijada burovchi moment vujudga keladi va naychani deformatsiyalaydi. Naycha tenzodatchikka, u esa oʻlchash koʻprigiga mahkamlangan. Bu asbobda 90 m/s gacha tezlikda esayotgan shamol tezligini oʻlchash mumkin.

Boʻron oʻlchagich: Koʻp kosachali anemografning qabul qiluvchi qismi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Boʻron oʻlchagich" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil