Tojiboy Boʻriyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bo'riyev Tojiboydan yoʻnaltirildi)

Tojiboy Boʻriyev (1938.12.5, Toshkent viloyati Parkent tumani Zarkent qishlogʻi) — mexanik va matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), fizikamat, fanlari doktori (1974), professor (1976). Toshkent Davlat Universitetini tugatgan (1961). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika institutida (1964—66) ishlagan. Kibernetika institutida (hozirgi "Kibernetika" IIIB) da (1966-yildan) ishlaydi. Ilmiy ishlari qattiq jism mexanikasiga oid masalalarni algoritmlashga, statik va dinamik yuk taʼsiridagi bir oʻlchovli va koʻp oʻlchovli konstruksiyalarning aniq hisoblariga, elastiklik nazariyasining dinamik va statik masalalariga doyr. B. seysmik (8— 9 balli) va noseysmik (5—7 balli) mintaqalar va qorlishamolli hududlar uchun fazoviy sterjenli konstruksiyalarni teng mustahkamlik, barqarorlik va min i mal ogʻirlik mezonlari asosida ishlab chikdi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureata (1971).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil