Boʻnoqxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bo'noqxondan yoʻnaltirildi)

Boʻnoqxon (ruscha: Боняк) (? 1167-yildan soʻng) — qipchoqlar (poloveslar) xoni. Kiyev Rusi va Vizantiyaga muttasil chopqunlar qilib turgan. Yilnomalarda dastlab 1096-yil Kiyevga hujum kilganligi munosabati bilan yodga olingan. 1097 va 1105-yillarda rus yerlariga yana qayta chopqun uyushtirgan. 1107-yil Vladimir Monomax, Svyatopolk, Oleg va boshqa rus knyazlari qoʻshinlari tomonidan magʻlub qilingan. Yilnomada soʻnggi bor 1167-yilda, knyaz Oleg Svyatoslavichdan magʻlub boʻlganida yodga olingan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Boʻnoqxon" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil