Boʻgʻiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bo'g'izdan yoʻnaltirildi)

Boʻgʻiz — 1) odam va quruqlikda yashaydigan umurtqali hayvonlar nafas aʼzolarining burun boʻshligʻidan keyingi qismi; ovoz chiqarish aʼzosi (qarang Hiqipdoq). Boʻgʻiz nafas olish va tovushning ravon chiqishini taʼminlaydi; 2) pichoqning tigʻi bilan dastasi birikkan, gulband qoʻyilgan joyi. Baʼzi joylarda manak ham deyiladi; 3) koʻza, qumgʻon, choydish, oftoba va shunga oʻxshash idishlarning qorindan yuqori ingichka qismi; 4) oʻroq yuzi bilan dastasi oraligʻi; 5) ketmonning girvoni; 6) oʻsimlik tanasining ildizga tutashgan joyi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Boʻgʻiz" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil